O‘zbekistonga qancha arab xurmosi eksport qilindi?

O‘zbekistonda xurmoga bo‘lgan talab yil sayin oshib boryapti, raqamlar ham shuni ko‘rsatdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida mamlakatga 19 ta davlatdan jami 13 983 tonna arab xurmosi olib kirilgan. Importning umumiy qiymati 10,3 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
E’tiborli jihati — hajm o‘tgan yilga nisbatan 3,4 ming tonnaga ko‘paygan. Ya’ni bozorda “xurmo mavsumi” endi faqat Ramazon atrofida emas, deyarli yil bo‘yi his qilina boshlayapti.
2025 yilda O‘zbekistonga eng ko‘p arab xurmosi yetkazib bergan davlatlar quyidagicha:
- Eron — 11 ming tonna
- Tunis — 809,6 tonna
- Turkiya — 416 tonna
- Saudiya Arabistoni — 327,9 tonna
- Qozog‘iston — 229 tonna
- Ozarbayjon — 223,5 tonna
- BAA — 216,9 tonna
- boshqa davlatlar — 768,7 tonna
Bozordagi narxlar ham ancha “qiziq”: 2026 yilda O‘zbekiston bozorlarida 1 kilo arab xurmosi navi va sifatiga qarab taxminan 35 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha sotilyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing