Chilonzorda Anhor bo‘yida yangi park quriladi

Chilonzor tumanida Anhor kanali bo‘ylab aholi dam olishi uchun yangi park qurish rejalashtirilmoqda. Yangi istirohat hududi kanalning 1,7 kilometrlik qismida barpo etiladi.
Loyiha doirasida kanal qirg‘oqlari to‘liq ta’mirlanib, mustahkamlanadi. Hududda piyodalar uchun yo‘laklar tashkil etilib, yashil zonalar, o‘rindiqlar, bolalar va sport maydonchalari barpo etiladi. Shuningdek, park zamonaviy yoritish tizimlari bilan jihozlanadi.
Yaqinda Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari Kamol Hamroyev va mas’ullar bo‘lajak park hududini ko‘zdan kechirdi. Loyiha mahallaning yettiligi hamda aholi vakillari bilan muhokama qilindi.
Tashkilotchilar bildirishicha, hududda yashovchilarning taklif va fikrlari loyihani amalga oshirish jarayonida inobatga olinadi.































Izohlar 0
…