O‘zbekistonda shunday shahar borki, aholisi 9,5 ming nafar xolos!

2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda eng kam aholi yashaydigan hudud Navoiy viloyatidagi G‘ozg‘on shahri ekani ma’lum bo‘ldi. Bu yerda doimiy aholi soni 9,5 ming nafarni tashkil etadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinni Navoiy viloyatining Tomdi tumani egallagan. Ushbu tumanda 15,3 ming nafar aholi istiqomat qilmoqda.
Sirdaryo viloyatidagi Shirin shahri 19,4 ming nafar aholi bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi. Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida esa 20,7 ming nafar kishi yashaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov, Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlari ham aholi soni nisbatan kam bo‘lgan hududlar qatoriga kiritilgan.
Shuningdek, Jizzax viloyatining Yangiobod tumani, Navoiy viloyatining Konimex va Uchquduq tumanlari ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan.































Izohlar 0
…