Toshkentda 2–3 ball, Surxondaryoda 4–5 ball zilzila sezildi

27 iyun kuni soat 18:34:58 da Afg‘oniston hududida 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi. Yer silkinishining epitsentri Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida, 224 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 499 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan. Yer silkinishi O‘zbekistonning qator hududlarida ham sezildi.
Sezilish kuchi quyidagicha bo‘lgan:
• Surxondaryo viloyatida 4–5 ball, epitsentrgacha 261 kilometr
• Farg‘ona viloyatida 4 ball, 417 kilometr
• Jizzax viloyatida 4 ball, 417 kilometr
• Samarqand viloyatida 4 ball, 421 kilometr
• Sirdaryo viloyatida 4 ball, 424 kilometr
• Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 446 kilometr
• Andijon viloyatida 3–4 ball, 477 kilometr
• Namangan viloyatida 3–4 ball, 479 kilometr
• Toshkent viloyatida 2–3 ball, 495 kilometr
• Toshkent shahrida 2–3 ball, 499 kilometr
• Navoiy viloyatida 2 ball, 554 kilometr
• Buxoro viloyatida 2 ball, 597 kilometr
Zilzilaning koordinatalari 36,84 shimoliy kenglik va 70,19 sharqiy uzunlikni tashkil etgan. Hozircha O‘zbekiston hududida vayronagarchilik yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.































Izohlar 0
…