21:25 / 16.02.2018
6 116

Shavkat Mirziyoyev ko‘hna Buxoro shahrida turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev ko‘hna Buxoro shahrida turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrining tarixiy qismida turizm sohasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

«Buxoro qadimiy obidalari, asrlar osha davom etib kelayotgan milliy hunarmandlik an’analari bilan ulkan turistik salohiyatga ega. Davlatimiz rahbari viloyatga o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida bu salohiyatdan to‘la foydalanish, shaharning tarixiy qismida hunarmandlar mavzesi qurish, Poyi Kalon va Mir Arab madrasalarini qayta ta’mirlash kabi qator masalalarni belgilab bergan edi.

Ushbu ko‘rsatmalar asosida Poyi Kalon va Mir Arab madrasalari ta’mirdan chiqarildi. Haqiqat ko‘chasida birinchi qavatida do‘kon va ustaxonalar bo‘lgan, ikkinchi qavatida hunarmandlar oilasi yashaydigan uylar qurilib, atrof obodonlashtirildi. Natijada ko‘cha va saylgoh shaharning tarixiy qismiga monand zamonaviy qiyofa kasb etdi.

Bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Mehmonxonalar, savdo-ko‘ngilochar maskanlar, kafe va choyxonalar qurilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident jahon tajribasi asosida sayyohlarga barcha qulayliklarni yaratish, ularning xavfsizligini ta’minlash, ko‘ngilochar dasturlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2018-02/1518797759_bopc6.jpg[/img

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev ko‘hna Buxoro shahrida turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi