Yandeks oyiga 1,5 mingta yetkazib berish robotini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Yandeks robototexnika zavodida har oyda 1,5 ming dona yetkazib berish roverlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Yandeks robot-dostavka yo'nalishi rahbari Marat Mavlyutovning aytishicha, o'tgan yili ish boshlagan korxona hozir kuniga 30 tacha rover ishlab chiqarish quvvatiga ega. Kompaniya muhandislari robotlarning qor uyumlari va noqulay ob-havo sharoitida harakatlanishini yaxshilash uchun yangi texnik yechimlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.
Yandeks kompaniyasi oʻzining robototexnika zavodida har oyda 1,5 ming dona yetkazib berish roverlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqni maqsad qilgan. Bu haqda RBK radiosiga bergan intervyusida Yandeks robot-dostavka yoʻnalishi rahbari Marat Mavlyutov maʼlum qildi, deb xabar beradi ixbt.com. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Oʻtgan yili oʻz faoliyatini boshlagan korxona hozirgi kunda kuniga 30 tacha rover ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mavlyutovning soʻzlariga koʻra, kelgusida oyiga ishlab chiqariladigan bir yarim mingta robot Rossiyaning yirik million aholili shaharlariga yoʻnaltirilib, u yerda avtomatlashtirilgan kurerlik xizmatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Texnik yangilanishlar va qishki sinovlar
Yandeks muhandislari robotlarning noqulay ob-havo sharoitida, jumladan, qor uyumlari va surunkali qorlarda ham erkin harakatlanishini taʼminlovchi turli texnik yechimlar ustida doimiy ravishda ishlamoqda. Mavlyutovning qayd etishicha, mutaxassislar dastlab katta gʻildiraklar va gusenitsa tizimlarini ham koʻrib chiqqan, biroq bunday yangiliklar qimmatga tushishi hamda energiya sarfini keskin oshirib yuborishi maʼlum boʻlgan.Shunga qaramay, kompaniya muhandislari ushbu qish mavsumida robotlarga qor uyumlarini osonroq yengib oʻtish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu esa sovuq oylarda ham xizmat sifatini saqlab qolish va yetkazib berish tezligini tushurmaslik imkonini beradi.
Xizmat turlari va kelajakdagi rejalar
Shuningdek, Yandeks taksi xizmatiga oʻxshash tarzda yetkazib berish usullarini sinflarga ajratish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda. Ekonoklassdagi yetkazib berishda buyurtmachi rover kutib olish uchun podyezd oldiga chiqishi kerak boʻlsa, tovarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri eshigacha yetkazib beruvchi kurerlik xizmatlari uchun esa biroz koʻproq haq toʻlashga toʻgʻri keladi.Eslatib oʻtamiz, Yandeks oʻzining ilk yetkazib berish robotlarini ishlab chiqishni 2019-yilda boshlagan boʻlib, hozirgi kunga qadar roverlarning uch avlodi yaratildi. Kompaniya 2027-yil yakuniga qadar toʻrtinchi avlod robotlarini chiqarishni niyat qilgan. Bugungi kunda ushbu texnologiya Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Nijniy Novgorod shaharlarida ishlamoqda, yoz oxiriga qadar esa Tyumen va Voronej shaharlari ham mazkur roʻyxatga qoʻshilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…