Taniqli kinorejissyor Nozim Abbosov vafot etdi

Taniqli kinorejissyor Nozim Abbosov vafot etdi
21 mart kuni kinorejissyor Nozim Abbosov 58 yoshida vafot etdi. Ushbu ma’lumotni Madaniyat vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva Kun.uz'ga tasdiqladi.

Marhum «Said va Saida» «Dilor, Dilor, dil va or» va «Mahallada duv-duv gap 2» filmlari bilan tomoshabinlar qalbidan o‘rin olgandi. Uning ssenariysi asosida ishlangan «Fellini» filmi esa Varshavada o‘tgan xalqaro kinofestivalda mukofotga, 2002 yili Insburgda o‘tgan tanlovda Gran-priga sazovor bo‘lgandi.

Marhum otasi Shuhrat Abbosov bilan ishlagan «Mahallada duv-duv gap 2» hamda yozuvchi Said Ahmad hayotidan hikoya qiluvchi «Said va Saida» kartinasi Nozim Abbosov muxlislarini ko‘paytirgan.

Kun.uz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar