
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Parij—2024 Olimpiadasining futbol musobaqasi uchun kvotalarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, OFK mintaqasiga 3+0,5 joy ajratilgan. Shu tariqa Osiyoning eng kuchli uch jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiya o‘yinlariga yo‘l oladi, to‘rtinchi jamoa esa Afrika mintaqasining to‘rtinchi jamoasiga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.
Parij—2024 Olimpiadasi futbol musobaqasi uchun kvotalar quyidagicha taqsimlandi:
UYEFA — 3+1 (mezbon Fransiya)
OFK — 3+0,5
Afrika — 3+0,5
KONMEBOL — 2
KONKAKAF — 2
Okeaniya — 1
Olimpiya o‘yinlarida 16 ta jamoa to‘rtta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. OFK mintaqasida litsenziyalar U-23 Osiyo Kubogi—2024 musobaqasida o‘ynaladi. Unda dastlabki uchta o‘rinni olgan jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega chiqadi. To‘rtinchi o‘rin egasi esa o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar