
Professional boksning super yengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (22-0, 19 KO) o‘zining navbatdagi jangini 10 avgust kuni AQSHda o‘tkazadi.
Ergashevga bu jangda Meksika vakili Anxel Martines (14-1-2, 14 KO) raqiblik qiladi, deya xabar beradi Boxrec.
Qayd etish lozim, Martines faoliyatidagi 14 ta g‘alabaning barchasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan.
Shohjahon Ergashev o‘zining so‘nggi jangini 26 mayda argentinalik Luis Alberto Veronga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar