
O‘zbekiston Superligasida 5-tur o‘yinlari ham yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, ayni payt jadvalda "Neftchi" va "Bunyodkor" jamoalari bir xil 13 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Ahamiyatlisi, Qarshining "Nasaf" klubi ko‘plab bahs-munozaralarga qaramay, 4-o‘ringa chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi. Klub hisobida hozircha 10 ochko mavjud.
Biroq Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlarini oldinda o‘ta qiyin taqvim kutib turibdi. 6-turda "ajdarlar" "Bunyodkor" mehmoni bo‘lsa, keyingi tur "Olimpik" Qarshida mehmon bo‘ladi.
So‘ngra 8-turda "Neftchi" maydoniga safar uyushtirilsa, 9-turda "Navbahor" bilan o‘yini bor.
Quyida jamoaning Superliga doirasidagi navbatdagi 6 o‘yini bilan tanishing:
6-tur. "Bunyodkor" - "Nasaf".
7-tur. "Nasaf" - "Olimpik".
8-tur. "Neftchi" - "Nasaf".
9-tur. "Nasaf" - "Navbahor".
10-tur. "Metallurg" - "Nasaf".
11-tur. "Nasaf" - "Paxtakor".
O‘zbekiston SuperligasiQarshining NasafBunyodkor jamoasiNeftchi ochkoRo‘ziqul BerdiyevNavbahor o‘yini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar