11:40 / 01.08.2024
109

Parij—2024. O‘zbekistonlik bokschilarning chorak finaldagi raqiblari bilan tanishing

Parij—2024. O‘zbekistonlik bokschilarning chorak finaldagi raqiblari bilan tanishing
Foto: Getty Images
Parijda Olimpiada bahslari davom etmoqda. Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston milliy jamoasining barcha a’zosi chorak finalga yo‘llanma oldi.

Chorak finaldagi g‘alaba Olimpiada medalini naqd qiladi. O‘zbek bokschilarining chorak finaldagi raqiblari va janglar o‘tkazilish sanasi ma’lum bo‘ldi.

Parij—2024. Erkaklar. 1/4 final

1 avgust:


-63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Uayt Sanford (Kanada)

-92 kg: Lazizbek Mullojonov — Keno Mashado (Braziliya)

2 avgust:

+92 kg: Bahodir Jalolov — Teremoana Junior (Avstraliya)

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov — Saken Bibossinov (Qozog‘iston)

-80 kg: To‘rabek Habibullayev —Arlen Lopez Kardona (Kuba)

3 avgust:

-57 kg: Abdumalik Xalokov — Xose Kuiles Brotons (Ispaniya)

-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Nikolay Terteryan (Daniya).

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Sitora Turdibekova ham keyingi bosqichga chiqdi. U ozining navbatdagi jangini 2 avgust kuni Xitoy Taypeyi vakiliga qarshi o‘tkazadi. Nigina O‘ktamova turnirni tark etdi. Sabina Boboqulova va Navbahor Hamidova bugun, 1 avgust kuni o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. O‘zbekistonlik bokschilarning chorak finaldagi raqiblari bilan tanishing