Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan dzyudo bellashuvlari yakunlandi.
Dzyudo bahslarida dunyoning turli mamlakatlaridan jami 372 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Erkaklar va xotin-qizlar 7 tadan vazn toifasida tatamiga chiqdi. Shuningdek, musobaqalarni jamoaviy bellashuvlar yakunlab berdi.
Dzyudo ustalari umumiy hisobda 15 ta medallar jamlanmasi uchun bahslashdi.
Parij Olimpiadasining eng katta sensatsiyalaridan biri hamyurtimiz Diyora Keldiyorovaning 52 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalga ega chiqqani bo‘ldi. Bungacha dzyudochilarimiz Olimpiya o‘yinlarida biror marotaba chempion bo‘lmagan, polvon qizlarimiz esa shohsupaga yaqinlashmagan edi.
Tan olish kerak, qur’a Diyora Keldiyorovani amaldagi jahon va olimpiya chempioni Uta Abega ro‘baro‘ qilganida o‘zbek qizining g‘alaba qozonishini hech kim kutmagan edi. Besh yil davomida ellikka yaqin bellashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan yapon dzyudochisi kuragi qanday yerga tekkanini bilmay qoldi. Diyora qo‘llagan tezkor usul Abening ko‘z yoshlariga sabab bo‘ldi.
Umuman olganda, Diyora Keldiyorova oltin medal uchun kurashdagi eng jiddiy raqibasini mag‘lub etganidan keyin ham kuchli dzyudochilar bilan tatamiga chiqishiga to‘g‘ri keldi. Diyora keyingi bahslarda jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori germaniyalik Masha Bolxaus, jahon chempionati sovrindori va xalqaro turnirlar g‘olibasi fransiyalik Amandin Bushar, Yevropa chempionatlari sovrindori, jahon va amaldagi olimpiya chempioni kosovolik Distriya Krasnichini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik dzyudo ustalaridan og‘ir vaznli polvonlarimiz o‘zini ko‘rsatdi.
Og‘irligi 100 kilogrammgacha bo‘lgan pahlavonlar o‘rtasida Muzaffarbek To‘raboyev faqatgina bitta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Bu mag‘lubiyatdan keyin hamyurtimiz uchun maksimal natija bronza medal edi va Muzaffarbek bunga erishishni uddalay oldi.
O‘ta og‘ir vazn toifasida Alisher Yusupov ketma-ket ogohlantirish olgani oqibatida tojikistonlik raqibini keyingi bosqichga o‘tkazib yubordi. Keyinchalik gruziyalik polvon musobaqalardan chetlatilgach, Alisherga bronza medal uchun yo‘l ochildi.
Polvonimiz bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi va terma jamoamiz hisobiga bitta medal qo‘shib qo‘ydi.
O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi bitta oltin va ikkita bronza medal bilan Olimpiya o‘yinlarini umumjamoa hisobida oltinchi o‘rinda yakunladi.
Bu borada birinchi o‘rin dzyudo vatani vakillari – yaponlarga nasib qildi. Ular o‘z milliy kurash turlarida uchta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medalga ega chiqdi.
Fransiya terma jamoasi eng ko‘p – 10 ta medal jamg‘ardi. Shulardan bir jufti oltin, yana shuncha kumush va oltita bronza medal bo‘ldi.
Kuchli uchlikni ikkita oltin medalga ega chiqqan Ozarbayjon terma jamoasi yakunlab berdi. O‘zbekistondan yuqoridagi yana ikki pog‘onani Gruziya va Braziliya terma jamoalar vakillari egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar