Qochishga uringan muhojirlar mashinasi ko‘lga qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Bolgariyaning Burgas shahri yaqinida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan avtomobil ko‘lga qulab, olti kishi halok bo‘ldi. Chegara polisi mashinani Kiten shahridan 40 kilometr davomida ta’qib qilgan, haydovchi esa Burgasga kirishda yo‘l to‘sig‘ini yorib o‘tgan. Hodisada uch kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, Ruminiya fuqarosi bo‘lgan haydovchi esa tirik qolib, hibsga olingan. Voqea yuzasidan tergov boshlandi.
Bolgariyaning janubiy qirg‘og‘ida, Burgas shahri yaqinida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi olti nafar noqonuniy muhojirning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Bolgariya milliy radiosi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chegara polisi Kiten shahridan noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan mashinani 40 kilometr masofada ta’qib qilgan. Haydovchi Burgasga kirishga urinib, yo‘l to‘sig‘ini yorib o‘tgan, ammo avtomobil ag‘darilib, yaqin atrofdagi ko‘lga tushib ketgan.
Voqea joyida olti kishi halok bo‘lgan, uch kishi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Mashinani boshqargan Ruminiya fuqarosi tirik qolgan va hozirda politsiya tomonidan hibsga olingan.
Hodisa bo‘yicha tergov ishlari boshlangan, voqeaning to‘liq tafsilotlari hozircha ma’lum emas.































Izohlar 0
…