date

Mashhur qo‘shiqchi Dua Lipa endi go‘zallik olamida: o‘z kosmetika brendini chiqardi

Mashhur qo‘shiqchi Dua Lipa endi go‘zallik olamida: o‘z kosmetika brendini chiqardi

Mashhur qo‘shiqchi Dua Lipa o‘zining shaxsiy yuz parvarishi liniyasini taqdim etdi. “Dua” nomli yangi kolleksiya Britaniyaning “Augustinus Bader” kosmetik brendi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, deb xabar beradi Vogue.

Kolleksiya atigi uchta mahsulotdan iborat: tozalovchi vosita, vitaminli kompleks va namlovchi krem. Ularning narxi 40 dan 80 dollargacha bo‘lib, mahsulotlar brendning rasmiy saytida allaqachon sotuvga chiqarilgan.

Dua Lipa yangi liniyaning kreativ direktori sifatida bevosita jarayonda ishtirok etgan. U dizayn, tekstura va brend kontseptsiyasini shakllantirishda shaxsan qatnashgan. Liniya minimalizm falsafasini aks ettiradi — soddalik, tozalik va ilmiy asoslangan parvarish.

“Men bu kolleksiyani kundalik hayotim uchun yaratdim — toza, sodda va samarali. TFC5 texnologiyasi tufayli ‘Dua’ mahsulotlari terining individual ehtiyojlariga moslashadi va uning sog‘lomligini mustahkamlaydi,” — dedi Dua Lipa.

Kolleksiyadagi mahsulotlar:

Balancing Cream Cleanser (€38) — makiyaj va SPF qoldiqlarini muloyimlik bilan tozalovchi krem-gel;
Supercharged Glow Complex (€78) — terini tiklaydigan va tabiiy yaltirash beruvchi vitaminli kompleks;
Renewal Cream (€72) — namlikni saqlovchi, elastiklikni oshiruvchi himoya krem.

“Augustinus Bader” brendi ilgari Viktoriya Bekhem va Sofiya Koppola bilan ham ishlagan. Yangi “Dua” liniyasi esa yosh auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy parvarishning yangi standartini belgilashi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mashhur qo‘shiqchi Dua Lipa endi go‘zallik olamida: o‘z kosmetika brendini chiqardi