O‘zbek boks afsonalaridan biri Ruslan Chagayev 4 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Isroil Madrimov—Krouford jangi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Foto: Instagram
“Jangni to‘liq ko‘ra olmadim. Bahsning eng yorqin vaziyatlarini ko‘rib chiqdim. Men uchun Isroil zo‘r jang o‘tkazdi. Madrimov bundan ham yaxshiroq jang o‘tkazishi mumkin edi, deyish mumkin, ammo Krouford juda katta darajadagi bokschi. U ikki vaznda Jahon chempioni hisoblanadi. Krouford P4P reytingi yetakchisi hisoblanadi. Menimcha, Isroil juda yaxshi jang o‘tkazdi”.
Ma’lumot uchun, ushbu jangda Isroil Madrimov ochkolar hisobidagi kichik farq evaziga (116—112, 115—113, 115—113) mag‘lubiyatga uchradi.
Bungacha Isroil professional boksda 11 jang o‘tkazib, 10 bora g‘alaba qozongan va bir jangda durang qayd etilgan edi.
Foto: Instagram
Ruslan Chagayev 1978 yil 19 oktyabrda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi versiyasi bo‘yicha super og‘ir vaznda jahon chempioni hisoblanadi. Chagayev og‘ir vaznda (81—91 kg) havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni bo‘lgan.
Hozirda Ruslan Chagayev Parijda bo‘lib turibdi va O‘zbekiston bokschilarini Olimpiadada qo‘llab-quvvatlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”