Ikkinchi eng yengil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue dekabr oyida ringga qaytadi.
Yaponiyalik bokschi 24 dekabr kuni Tokio shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida avstraliyalik da’vogar Sem Gudmandan IBF chempionlik kamarini himoya qilishga urinib ko‘radi.
Inouening WBA kamariga majburiy da’vogar bo‘lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevning esa dekabr oyida WBA Interim kamari uchun jang qilishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Inoue o‘zining so‘ngi jangini 2024 yil sentyabr oyida o‘tkazgan. Bokschi mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qilgandi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratgan. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Promouter Bob Arum yaponiyalik bokschi Naoya Inouening keyingi ikkita jangi kimlarga qarshi bo‘lishini ma’lum qildi. Uning rejalarida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev yo‘q.
Murodjon Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue jangdan bosh torsa, qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi