Naoya Inoue mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jessi Rodrigesga qarshi ringga chiqadi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue 2027-yil mart oyida mag‘lubiyatsiz Jessi Rodrigesga qarshi ringga chiqadi.
- Ikkala jangchi ham o‘z faoliyatida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan, Jessi Rodriges 24-0 (17 KO) va Naoya Inoue 33-0 (27 KO) hisobiga ega.
- Bu jang zamonaviy boksning eng yuqori cho‘qqisi sifatida baholanmoqda, chunki faqat Terens Krouford va Aleksandr Usik kabi afsonalar bilan tenglashtirilgan Naoya Inoue beshta vazn toifasida chempionlikka erishgan.
Professional boks olamining eng yorqin yulduzlaridan biri, birinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue o‘zining navbatdagi raqibi nomini rasman ma’lum qildi. Yaponiyalik superyulduz hozirda WBA Super kamari sohibi bo‘lib turgan mag‘lubiyatsiz amerikalik Jessi Rodriges bilan kuch sinashadi.
Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan boks oqshomida (klubdoshi va sparring-sherigi Taku Kuvaxaraning bahsiga tashrif buyurgan chog‘ida) bergan intervyusida Inoue ushbu bahs bo‘yicha tayyorgarlikni hozirning o‘zidayoq boshlab yuborganini ta’kidladi. Mazkur tarixiy mega-jang 2027 yilning mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ringda ikki mag‘lubiyatsiz chempion: Raqamlar va daraja
Ushbu to‘qnashuv zamonaviy boksning eng yuqori cho‘qqisi sifatida baholanmoqda, chunki ringga chiqadigan har ikki bokschi ham hali o‘z faoliyatida mag‘lubiyat ta’mini totib ko‘rmagan:
Jessi Rodriges (24-0, 17 KO): Kelgusi yil boshida 27 yoshga to‘ladigan amerikalik charm qo‘lqop ustasi allaqachon uchta vazn toifasida (50,8 kg dan 53,5 kg gacha) chempionlik kamarlarini egallashga muvaffaq bo‘lgan va o‘tkazgan 24 ta jangining barchasida zafar quchgan;
Naoya Inoue (33-0, 27 KO): 33 yoshli yaponiyalik «Maxluq» laqabli bokschi beshta turli vazn toifasida (49 kg dan 55,3 kg gacha) jahon chempionligiga erishgan.
Tarixdagi noyob ko‘rsatkich: Faqat Krouford va Usik tenglashgan maqom
Naoya Inouening zamonaviy boksdagi mavqeyi uni eng buyuk jangchilar qatoriga olib chiqqan:
Ikki vaznda mutlaq chempion: U to‘rtta asosiy kamar (WBC, WBA, IBF, WBO) davrida ikkita turli vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan kam sonli sportchilardan biridir;
Elita uchligi: Zamonaviy boks tarixida ushbu aqlbovar qilmas yutuqni faqat uch nafar afsona uddalay olgan — Terens Krouford, Aleksandr Usik hamda Naoya Inoue.
Ikki yengilmas nokautchining 2027 yil bahorida kutilayotgan to‘qnashuvi nafaqat yilning, balki so‘nggi yillardagi eng murosasiz qarama-qarshiliklardan biriga aylanishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…