date

Inter birinchi bo'limdayoq Pizaga qarshi hisobni tenglashtirdi

Inter birinchi bo'limdayoq Pizaga qarshi hisobni tenglashtirdi

Italiya chempionati juma kungi uchrashuvida «Inter» o'z maydonida «Piza»ni qabul qildi. «Neradzurrilar» tanaffusgacha bo'lgan qisqa vaqt ichida ketma-ket ikki gol o‘tkazib yuborib, muxlislarini hayratda qoldirdi. Shunga qaramay, Kristian Kivu jamoasi birinchi bo'limning o'zidayoq vaziyatni o'nglab, kambek qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

39-daqiqada Pyotr Zelinski penaltini aniq ijro etdi, 41-daqiqada esa Lautaro Martines gol urib, hisobni tenglashtirdi. Argentinalik hujumchining goli oldidan uzatmani Federiko Dimarko amalga oshirdi — u 34-daqiqada Luis Enrikeni almashtirib maydonga tushgandi.

«Inter» A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Piza» esa 19-o'rinda bormoqda.

«Inter» — «Piza» uchrashuvidagi voqealarni matnli onlayn translyatsiyada kuzatib borish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter birinchi bo'limdayoq Pizaga qarshi hisobni tenglashtirdi