Valdano Arbeloa futbolchilarga ishonch beradi, deya ta'kidladi

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Xorxe Valdano jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Alvaro Arbeloaning faoliyatiga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Valdano fikricha, Arbeloa futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish vazifasini juda yaxshi bajarmoqda. U «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda jamoa ko'rsatgan motivatsiyani ham alohida e'tirof etib, uni juda yuqori darajada deb baholadi, deya xabar berdi Deporte Plus+.
Eslatib o'tamiz, Arbeloa 12 yanvar kuni «Real» boshqaruvini qo'lga olgan va murabbiylik kursisida Xabi Alonsoni almashtirgan. Shundan beri madridliklar to'rtta uchrashuv o'tkazib, uch marta g'alaba qozondi va bir bor mag'lub bo'ldi.
La Liganing 21-turidan keyin «qaymoqranglilar» turnir jadvalida 51 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!