Milan murabbiy izlamoqda: Ruben Amorim yoki Alvaro Arbeloa variantlari

1 daqiqa o'qish259
Milan murabbiy izlamoqda: Ruben Amorim yoki Alvaro Arbeloa variantlari
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "Milan" klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy tayinlash jarayonida o'z qidiruv doirasini kengaytirib, yakuniy qaror qabul qilishga shoshilmayapti.
  • Oliver Glasner asosiy nomzod bo'lib turganiga qaramay, klub Ruben Amorim, Alvaro Arbeloa va Matthias Jaissle kabi mutaxassislarning nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.
  • Klubning butun sport loyihasi Ralf Rangnick atrofida qurilishi kutilmoqda va u texnik sektorda mutlaq nazoratga ega bo'lishni talab qilmoqda.

Milan xoʻjayini Gerri Kardinale Oliver Glasner bilan dastlabki kelishuvga ega boʻlishiga qaramay, yangi bosh murabbiy tayinlash masalasida shoshilmayapti. "Rossoneri" rahbariyati oʻz qidiruv doirasini kengaytirib, Manchester Yunayted sobiq ustozi Ruben Amorim va Alvaro Arbeloa nomzodlarini koʻrib chiqmoqda. Klub rahbariyati jamoaning kelajakdagi texnik konsepsiyasiga mos keladigan aniq profilni qidirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Massimiliano Allegri ketganidan soʻng boʻsh qolgan oʻrin uchun Oliver Glasnerga ikki yillik shartnoma taklif qilingan edi. Biroq, Kardinale shaxsan oʻzi nomzodlar bilan suhbat oʻtkazib, uzoq muddatli falsafaga mos murabbiyni tanlamoqchi. Tuttosport nashrining xabariga koʻra, roʻyxatga Al-Ahli ustozi Matthias Jaissle ham qoʻshilgan boʻlib, u oʻzining zamonaviy va hujumkor taktik qarashlari bilan ajralib turadi.

La Gazzetta dello Sport nashri tasdiqlashicha, Kristal Pelas bilan muvaffaqiyatga erishgan Glasner hali ham asosiy nomzod boʻlib turibdi. Shu bilan birga, Real Madrid bilan xayrlashgan Alvaro Arbeloa varianti ham jiddiy oʻrganilmoqda. Matthias Jaissle boʻyicha esa moliyaviy muammolar mavjud, chunki uning Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasida 6 million yevrolik tovon puli koʻrsatilgan.

Klubning butun sport loyihasi Ralf Rangnick atrofida qurilishi kutilmoqda. Avstriya terma jamoasi ustozi Milan texnik direktori boʻlish uchun yagona nomzod boʻlib turibdi. Rangnick klub ishlariga Zlatan Ibrahimovic kabi shaxslarning aralashmasligini va texnik sektorda mutlaq nazoratga ega boʻlishni talab qilmoqda.

Ayni damda Milan muxlislari rahbariyatga qarshi norozilik namoyishlarini boshlab yuborgan. Londondagi Big Ben va London Eye yaqinida "Milanimizni ozod qiling" degan bannerlar paydo boʻldi. Klub 2026-27-yilgi A Seriya mavsumi boshlangunga qadar murabbiy masalasini hal qilishi va tarkibni qayta shakllantirishga ulgurishi lozim.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?