Senegal U20 termasi bosh murabbiyi: Bizning maqsadimiz – final


14 iyun kuni O‘zbekiston U20 terma jamoasi Senegal U20 termasiga qarshi Jahon chempionati chorak finalida maydonga tushadi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Ana shu o‘yin oldidan afrikaliklar bosh murabbiyi Jozef Koto FIFAning rasmiy saytiga qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz bu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bu yerga shunchaki statistikani to‘ldirib ketish uchun kelmaganmiz.
Nimchorak finalda Ukraina ustidan g‘alaba qozonganimizdan keyin men futbolchilarimga shunday dedim: “Biz hali o‘z maqsadimizga yetganimiz yo‘q. Bu musobaqaning so‘nggi bekati final. Ana shu bizning asl maqsadimiz”, - deydi Jozef Koto.































Izohlar 0
…