Semenyo: «Xorvatiyaga qarshi 90 daqiqa birgalikda himoyalanishimiz kerak»

Gana milliy jamoasi hujumchisi Antuan Semenyo 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Forvardning ta’kidlashicha, jamoaning hozirgi o‘yin modelidagi eng muhim jihat — himoyadagi tartib-intizom va butun uchrashuv davomida birgalikda to‘g‘ri harakat qilish.
«Jamoa uchun eng muhimi — kerakli natijaga erishish maqsadida 90 daqiqa davomida birgalikda himoyalanish. Aynan shu vazifani bajarishimiz kerak», — dedi Semenyo.
U o‘zining avvalgi jamoalarida ham himoyaviy vazifalarga katta e’tibor qaratilganini va bunday uslubga ko‘nikib ulgurganini qo‘shimcha qildi.
«Avval o‘ynagan jamoamda ham yetarlicha himoyalanardik. Shuning uchun bu men uchun yangilik emas», — dedi futbolchi.
Semenyoning aytishicha, Gana futbolchilari guruhdagi vaziyatni yaxshi anglab turibdi. Biroq jamoa hali hech narsa hal bo‘lmaganini unutmasligi kerak.
«Barcha nima bo‘layotganini yaxshi tushunib turibdi va hozirgi holatdan mamnun. Lekin voqealardan oldinga o‘tib ketmasligimiz lozim», — deya qo‘shimcha qildi forvard.
Ma’lumot uchun, so‘nggi tur oldidan Angliya va Gana hisobida 4 tadan ochko bor. Xorvatiya 3 ochko bilan keyingi pog‘onada bormoqda, Panama esa hozircha ochko jamg‘ara olmagan.































Izohlar 0
…