Kristofer Nkunku faoliyatini davom ettirishi mumkin boʻlgan klublar maʼlum boʻldi

1 daqiqa o'qish108
Kristofer Nkunku faoliyatini davom ettirishi mumkin boʻlgan klublar maʼlum boʻldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Kristofer Nkunku Ruben Amorimning rejalariga kiritilmagani sabab sotuvga qo'yildi va unga Roma, Manchester Yunayted, RB Leipzig hamda Borussiya Dortmund klublari qiziqish bildirmoqda.
  • 1997-yilda tug'ilgan hujumchi Milan klubiga 2025-yilning yozida kelib qo'shilgan, biroq asosiy jamoadan chetlatilgan.
  • U Polshada Manchester Yunayted jamoasiga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yini qaydnomasiga kiritilmadi va juma kuni Milanello qarorgohini tark etdi.

Fransiyalik hujumchi Kristofer Nkunku yaqin orada oʻz jamoasini oʻzgartirishi kutilmoqda, sababi bosh murabbiy Ruben Amorim uni oʻz rejalariga kiritmagan va futbolchi sotuvga qoʻyilgan. Matteo Moretto maʼlumotiga koʻra, futbolchiga Italiya hamda Germaniyaning yetakchi klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Maʼlumki, 1997-yilda tugʻilgan hujumchi Milan klubiga 2025-yilning yozida kelib qoʻshilgan edi. Biroq jamoadagi oʻzgarishlar va murabbiyning taktik qarorlari tufayli uning Milan klubidagi faoliyati kutilganidan ancha qisqa boʻlib chiqdi va u asosiy jamoadan chetlatildi.

Hozirda Nkunku Polshada Manchester Yunayted jamoasiga qarshi oʻtkaziladigan oʻrtoqlik oʻyini qaydnomasiga kiritilmadi. Shuningdek, futbolchi juma kuni shaxsiy sabablarga koʻra Milanello qarorgohini tark etgani xabar qilindi. Bu esa uning tez orada boshqa jamoaga oʻtish ehtimolini yanada oshiradi.

Transfer bozori va asosiy daʼvogarlar

GOAL.com xabar berishicha, futbolchi atrofidagi transfer mish-mishlari kuchayib borayotgan bir paytda, Roma va Manchester Yunayted klublari qatoriga Germaniyaning ikkita top-klubi — RB Leipzig hamda Borussiya Dortmund ham qoʻshildi. Ushbu jamoalar soʻnggi soatlarda transfer boʻyicha oʻz harakatlarini boshlab yuborgan.

RB Leipzig uchun bu transfer chinakam sensatsion qaytish boʻlishi mumkin. Nqunku aynan ushbu nemis klubi safida 2022/2023-yilgi mavsumda oʻz faoliyatining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan va aynan shu yorqin oʻyinlari evaziga transfer qilingan edi.

Milan klubi oʻtgan yili yozda futbolchini transfer qilish uchun 37 million yevro sarflagan hamda qoʻshimcha 5 million yevro miqdorida bonuslar belgilagan edi, biroq bu bonuslar amalga oshmadi. Klub moliyaviy zararga uchramaslik uchun futbolchini kamida 30 million yevroga sotishni yoki 22,6 million yevrodan kam boʻlmagan sotib olish sharti bilan ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Hozirgi bozor sharoitida bu raqamlar yuqoriroq koʻrinsa-da, mutaxassislar buni imkonsiz deb baholamayapti. Ruben Amorim tomonidan tarkibdan chiqarilgan futbolchilar orasida aynan fransiyalik hujumchi hozirda transfer bozorida eng yuqori talabga ega oʻyinchi boʻlib turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?