Fabio Kannavaro: «Kongo DR — biz uchun eng qulay raqib»

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Kongo DRga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Italiyalik mutaxassis raqib tarkibida tajribali va jismonan baquvvat futbolchilar borligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u mazkur bahsni O‘zbekiston uchun imkoniyatlar nuqtayi nazaridan guruhdagi eng qulay uchrashuv deb hisoblamoqda.
«Kongo DR kuchli jamoa. Ularning tarkibida tajribali va jismonan juda baquvvat futbolchilar bor. Shunga qaramay, bu bahs biz uchun imkoniyatlar nuqtayi nazaridan eng qulay uchrashuv», — dedi Kannavaro.
Bosh murabbiy qur’a tashlangan paytdayoq Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi bahslar oson kechmasligini bilganini ham aytdi.
«Guruh bosqichiga qur’a tashlanganida Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lishini tushungan edim. Endi esa nisbatan qulayroq raqibga qarshi maydonga tushamiz», — deya uning so‘zlarini keltirdi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi dastlabki ikki turda Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga esa 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Kongo DR va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv 28 iyun kuni AQSHning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium»da bo‘lib o‘tadi.































Izohlar 0
…