Mark Kukurelya «Real Madrid»ga o‘tganidan so‘ng ilk intervyusini berdi

1 daqiqa o'qish241
Mark Kukurelya «Real Madrid»ga o‘tganidan so‘ng ilk intervyusini berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelya «Real Madrid»ga transferidan so‘ng klubning rasmiy televideniyesiga ilk intervyusini berdi.
  • U madridliklar safiga qo‘shilishni bolalikdagi orzusi va faoliyatidagi eng muhim qadamlardan biri deb atadi.
  • Kukurelya «Santyago Bernabeu»dagi sehrli kechalarni endi futbolchi sifatida boshdan kechirish hamda klub tarixining bir qismiga aylanish katta mas’uliyat ekanini ta’kidladi.

Madridning «Real» klubi safiga ko‘chib o‘tgan ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelya transfer amalga oshganidan so‘ng o‘zining ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchi ushbu qarorni faoliyatidagi eng muhim qadamlardan biri sifatida baholadi.

Ispaniyalik himoyachi klub rasmiy televideniyesiga (Real Madrid TV) bergan eksklyuziv intervyusida madridliklar safiga qo‘shilish uning bolalikdagi orzusi bo‘lganini ta’kidladi.

«Futbol o‘ynagan har bir bola ushbu klubda to‘p tepishni xohlaydi»

Mark Kukurelya kutish jarayonlari uzoq davom etgani, ammo yakunda «qirollik klubi» libosini kiyish unga cheksiz quvonch bag‘ishlaganini yashirmadi:

«Juda xursandman. Kutish jarayoni uzoq davom etdi, ammo nihoyat bu yerdaman. Bugun yangi jamoadoshlarim bilan mashg‘ulot o‘tkazdim, klubdagi barcha insonlar bilan tanishdim. Endi ularni asta-sekin yanada yaxshiroq bilib olishni va mavsumni ajoyib o‘tkazishni intiqlik bilan kutyapman.

Shubhasiz, bu men uchun katta faxr. Bu boy tarixga ega, Yevropadagi eng buyuk klub. Bugun shu yerda bo‘lish — men uchun imtiyoz, sharaf va eng avvalo, faoliyatim davomida qilgan barcha mehnatlarim uchun mukofot. Futbol o‘ynashni boshlagan har qanday bola uchun bunday klubda to‘p tepish imkoniyatidan voz kechish juda qiyin. Menga shunday imkoniyat berildi va menda hech qanday ikkilanish bo‘lmadi», — dedi himoyachi.

«Bernabeu»dagi sehrli kechalar va yangi mas’uliyat

Kukurelya «Santyago Bernabeu»dagi unutilmas o‘yinlar va Chempionlar ligasidagi zafarli odimlarni endi maydonning ichida turib his qilish ishtiyoqida ekanini qo‘shimcha qildi:

«Tomoshabin sifatida «Bernabeu»dagi barcha sehrli kechalarni, jamoaning kambeklarini va Chempionlar ligasida qo‘lga kiritgan barcha sovrinlarini ko‘rganman. Endi bularni o‘z tajribamda his qilish va shu tarixning bir qismiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lish — juda katta mas’uliyat. Shu bilan birga, bu men uchun juda yoqimli va muhim chaqiruv», — deya xulosa qildi u.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?