Chelsi yosh hujumchisi Dastan Satpayevni Bernliga ijara berdi

Dastan Satpayev Chempionship vakili Bernliga bir mavsumga ijara asosida qo'shildi. 18 yoshli Qozog'iston terma jamoasi a'zosi Chelsi bilan 2033-yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan. FIFA qoidalariga ko'ra, uning Chelsiga o'tishi 18 yoshga to'lganidan keyin rasman kuchga kirgan. Satpayev Bernli safida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lib, 2026/27-yilgi mavsumda tajriba to'plashni maqsad qilgan.
Londonning Chelsi klubi hujumchisi Dastan Satpayev faoliyatini Chempionship vakili Bernlida davom ettiradigan boʻldi. Goal.com xabar berishicha, 18 yoshli Qozogʻiston terma jamoasi aʼzosi yangi jamoasiga bir mavsumga moʻljallangan ijara asosida qoʻshildi. Ushbu transfer futbolchining professional faoliyatidagi muhim qadamlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, Dastan Satpayevning Stemford Brijga oʻtishi fevral oyidayoq kelishib qoʻyilgan edi. Biroq FIFA qoidalariga koʻra, transfer faqat futbolchi 18 yoshga toʻlganidan keyingina rasman kuchga kirdi. Qozogʻistonning Qayrat klubi tarbiyalanuvchisi London klubi bilan 2033-yil yozigacha moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.
Angliya futbolidagi ilk sinov
Qozogʻiston milliy terma jamoasi safida sakkizta oʻyin oʻtkazishga ulgurgan isteʼdodli hujumchi Bernliga kelib qoʻshilganidan mamnun ekanligini yashirmadi. Klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida u oʻzining asosiy maqsadi asosiy tarkibda muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlish ekanligini taʼkidladi.«Men bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Bu mening faoliyatim uchun ajoyib imkoniyat va jamoaga oʻz imkoniyatlarimni koʻrsatish hamda uni munosib oʻrniga qaytarish uchun zoʻr klub», — dedi Satpayev. Futbolchi Angliyadagi ilk sinovlarga toʻla tayyor ekanligini va Bernli safida muvaffaqiyatli mavsum oʻtkshni maqsad qilganini qoʻshimcha qildi.
Xalqaro maydondagi ilk yutuqlar
Satpayev Qozogʻiston futboli tarixidagi eng yosh debyutant sifatida eʼtirof etiladi. U oʻtgan yilning mart oyida Kyurasoga qarshi kechgan bahsda terma jamoa safidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan edi. Shuningdek, u Chempionslar ligasi guruh bosqichida Kopengagen darvozasiga gol urib, oʻzining xalqaro salohiyatini namoyish etgan.Qayrat safida Real Madrid va Inter kabi grandlarga qarshi maydonga tushgan yosh hujumchi oʻzining sovuqqonligi bilan ajralib turadi. U Jahon chempionati saralashida Belgiya darvozasiga ham gol urishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, Chelsi bosh murabbiyi Xabi Alonso qoʻl ostidagi mavsumoldi yigʻinlarida Gʻarbiy Sidney Uonderers darvozasini ishgʻol qilgan edi.
Endilikda Dastan Satpayev 2026/27-yilgi mavsumda Bernli safida tajriba toʻplab, asosiy jamoa tarkibidan joy olish uchun kurashni davom ettiradi. Angliya chempionatining shiddatli oʻyinlari uning mahoratini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…