Real Madrid transfer bozorida faollashib, tarkibni tubdan yangiladi

Real Madrid yozgi transfer oynasida 225 million yevrodan ortiq mablag' sarflab, La Liga klublari orasidagi eng yirik xaridorga aylandi. Klub himoya chizig'ini kuchaytirish uchun Diomande, Kukurelya, Espí va Dumfriesni sotib oldi, Bernardo Silva hamda Ibrahima Konaté esa erkin agent sifatida jamoaga qo'shildi. Umumiy bozor faolligi qariyb 560 million yevrodan oshgan bo'lib, bu klubda tub o'zgarishlar boshlanganini ko'rsatmoqda.
Soʻnggi ikki mavsum davomida yirik sovrinlarsiz qolayotgan Real Madrid rahbariyati jamoaning ichki va xalqaro maydonlardagi yetakchiligini tiklash uchun transfer bozorida keskin qadamlar tashlamoqda. Ispaniya matbuoti tarqatgan maʼlumotlarga koʻra,qirollik klubi Hansi Flick boshchiligidagi Barselona ustunligiga barham berish va gʻoliblar shohsupasiga qaytish maqsadida oʻz xazinasini ochib, tarkibni kuchaytirishga kirishdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
AS nashri xabar qilishicha, yozgi transfer oynasi davomida Real Madrid jami 225 million yevrodan ortiq mablagʻ sarflagan. Ushbu koʻrsatkich La Liga klublarining yozgi transferlar uchun qilgan umumiy xarajatlarining qariyb 40 foizini tashkil etib, madridliklarni mazkur mavsumdagi eng yirik xaridorga aylantirdi. Klub soʻnggi besh yil ichidagi umumiy transfer xarajatlarining uchdan bir qismidan koʻprogʻini aynan shu yozda amalga oshirgani jamoada tub oʻzgarishlar davri boshlanganidan dalolat beradi.
Yangi yulduzlar va rekord transferlar
Joze Mourinyo boshqaruvidagi jamoa tarkibini kuchaytirish uchun transfer bozorida faol harakat qildi. Xususan, himoya chizigʻini mustahkamlash uchun bir nechta shov-shuvli xaridlar amalga oshirildi:- Diomande klub tarixidagi eng qimmat transfer sifatida tarkibga qoʻshildi.
- Chelsi safidan kelib qoʻshilgan Kukurelya uchun 55 million yevro sarflandi.
- Levantega hujumchi Espí transferi uchun 25 million yevro toʻlandi.
- Inter safidan kelgan Dumfries esa 20 million yevroga baholandi.
Amalga oshirilgan oltita transfer va qariyb 560 million yevrodan oshgan umumiy bozor faolligi Ispaniya chempionatida raqobat yanada keskinlashishidan darak bermoqda. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo oldiga qoʻyilgan asosiy vazifa — klubning avvalgi salohiyatini tiklash va Barselona gegemonligini toʻxtatishdan iborat.






























Izohlar 0
…