21:57 / 21.04.2018
3 534

No‘’mon Hasanov: "Nasaf" bilan durang biz uchun qoniqarli natijma emas"

Нўъмон Ҳасанов: "Насаф" билан дуранг биз учун қониқарли натижма эмас"
“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No‘’mon Hasanov va jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupovlar qatnashishdi.
- Bugungi bahs jangovor ruhda o‘tdi. Shogirdlarim bugungi bellashuvda borlarini berib harakat qilishdi. O‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa-da, shogirdlarim harakatlaridan to‘liq qoniqdim.

Raqib bugun asosan qarshi hujumga tayanib harakat qildi. “Nasaf” bilan o‘yindagi durang biz uchun qoniqarli emas. Biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz.

Bugun barcha futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishdi. Maydondagi bironta futbolchini almashtirishga ko‘zim qiymadi. Darko Gojkovichni oldinda o‘ynatganimni sababi, biz gol urishni istadik. Biz ham himoyaga ko‘proq e’tibor berib o‘ynashimiz mumkin edi. Lekin muxlislarimizni xursand qilish maqsadida hujumkor o‘ynashni afzal bildik.
Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatgan o‘yinchilarnigina asosiy tarkibda maydonga tushiraman, - deydi No‘’mon Hasanov.

O‘tkir Yusupov: Bugungi o‘yin qiyin kechdi. “Nasaf” ancha kuchli jamoa. Ular bejizga “Loko”ni mag‘lubiyatga uchratishmagan. Murabbiymizning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarganimiz bois, ijobiy natija qayd eta oldik. Muxlislarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Manba: kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘’mon Hasanov: "Nasaf" bilan durang biz uchun qoniqarli natijma emas"