Bugun Samarqandning “Dinamo” klubi rahbariyati, viloyat futbol assotsiatsiyasi, klub murabbiylari va futbolchilar ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda “UFF.uz” yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, o‘z vaqtida “Dinamo” jamoasida to‘p surgan sobiq futbolchi, o‘tgan mavsum Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubida faoliyat yuritgan Davron Fayziyev “Dinamo” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Murabbiy oldiga jamoani superligaga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Klubda Ilhom Sharipov bosh menejer sifatida faoliyat yuritishda davom etsa, Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyan bosh murabbiyga yordam berishadi.
Davron Fayziyev bugun “Dinamo” - “Xorazm” uchrashuvida jamoani boshlab tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi