
Rio Olimpiadasi chempioni hozirda professional boksda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarovning (9-1,5 KO) navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.
Bokschimizning murabbiyi Abror Tursunpo‘latovning saytimizga ma’lum qilishicha, Fazliddin 26 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil qilinadigan jang kechasida ringga ko‘tariladi.
Ushbu kechaning markaziy jangida ukrainalik Vasiliy Lomachenko(14-2,10 KO) hamda yaponiyalik Masayoshi Nakatani ( 19-1,13 KO) to‘qnash keladi.
Hamyurtimiz so‘ngi jangini 2020 yil 5 dekabrda Rossiyada o‘tkazib, Manuk Dilanyan ustidan zafar quchgandi. Umuman olganda yurtdoshimiz so‘ngi ikki jangini Rossiya va Qozog‘istonda o‘tkazgandi. Endi esa yana okean ortiga qaytmoqda. Hozircha raqib ma’lum emas. Tez orada bunga ham aniqlik kiritiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar