02:05 / 29.09.2021
2 847

YECHL. Messi debyut golini urgan bahsda PSJ "Siti"ni ilk bor mag‘lub etdi

YECHL. Messi debyut golini urgan bahsda PSJ "Siti"ni ilk bor mag‘lub etdi
Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan PSJ hamda "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 8-daqiqasida Guye tezkor gol urishga erishdi. Ikkinchi bo‘limda parijliklar hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. 74-daqiqada Mbappening chiroyli pasidan so‘ng Lionel Messi debyut golini urdi.

Ma’lumot uchun, ayni damda 4 ochko bilan peshqadamga aylandi, Gvardiola shogirdlari esa 3 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda bormoqda.

PSJ – "Manchester Siti" 2:0
Gollar
: 1:0 – 8 Guye, 2:0 – 74 Messi.
PSJ – Donnarumma, Xakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Errera, Guye (Danilu Pereyra, 90), Verratti (Veynaldum, 78), Messi, Neymar, Mbappe.
"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Laport, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Foden, 68), Sterling (Gabriel Jezus, 78), Marez.
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (24), de Bryuyne (39), Verratti (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. Messi debyut golini urgan bahsda PSJ "Siti"ni ilk bor mag‘lub etdi