
“UZ domen hududining ma’muri Uzinfocom” tomonidan UZ domen hududida ro‘yxatdan o‘tish narxi o‘zgarishi hakidagi ma’lumotni Webname.uz sayti e’lon qildi. Xabarda yozilishicha, 01.05.2017 yildan boshlab bir domenning amal qilish muddatini uzaytirish narxi tahminan bir yilga 45000 so‘mni tashkil etadi.
Shu sababli, domenlarni 31.04.2017gacha bir domen uchun yiliga 24 500 so‘m narxi bo‘yicha uzaytirish mumkinligi ma’lumotda ta’kidlangan.
01.05.2017 yildan boshlab yangi narxlar kuchga kirishi sababli, shartnomalar asosida kelgan to‘lovlar qaytarilib yuborilishi ma’lum qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar