11:39 / 27.05.2024
370

Har kuni erta tongda ichilgan suv organizmdagi qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?

Har kuni erta tongda ichilgan suv organizmdagi qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
Foto: Shutterstock
Suv – kunning istalgan qismida foydali bo‘lgan qimmatli ichimlik. Biroq nima uchun aynan nonushtagacha suv ichishning ijobiy tomonlari haqida so‘z yuritiladi? Tadqiqotlarga ko‘ra, hayot uchun zarur bo‘lgan suv nahorda och qoringa ichilsa, metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Agar siz ozish yoki tanangizdagi toksinlardan xalos bo‘lish istagida bo‘lsangiz, ushbu tonggi odat ayni muddaodir.

Nonushtadan avval och qoringa muntazam ravishda suv ichish qanday natijalarga olib keladi?

Metabolizmni ishga soladi. Har kuni ertalab iliq suv ichganlar tanasining umumiy holatida yaxshilanishni his qilganini ta’kidlaydi. Bunda tanadagi moddalar almashinuvi ishga tushadi va tezlashadi, bu esa foydali ozuqa moddalarining organizmga samaraliroq so‘rilishiga va ortiqcha kaloriyalarni yoqishga yordam beradi.

Organizmni toksinlardan tozalaydi. Nahorda ichilgan toza va iliq ichimlik suvi ovqat hazm qilishni va hujayralar faoliyatini yaxshilaydi. Kechasi tanada to‘planib qolgan toksinlar va zaharli moddalardan xalos bo‘lishga ko‘mak beradi. Shuningdek, bunday odat buyraklar faoliyatini yaxshilaydi va turli kasalliklarning oldini oladi.

Diqqat va aqliy faoliyatni oshiradi. Och qoringa ichilgan suv hushyorlik va diqqatni yaxshilashga yordam beradi hamda immun tizimini mustahkamlaydi.

Organizm suvga to‘yinadi. Yetarli suyuqlik ichmaslik oqibatida tana suvsizlanadi va charchoq, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, teri muammolari yuzaga keladi. Ertalabki ichimlik suvi tanani namlashga va suyuqlik muvozanatini tiklashga yordam beradi.

Nima uchun suv choydan foydaliroq hisoblanadi?

Toza ichimlik suvi tanani suvsizlanishdan saqlaydi va namlantiradi. Choy, qahva va boshqa ichimliklar esa siydik haydovchi xususiyatga ega. Shuning uchun bunday ichimliklar organizmdagi suv balansini to‘ldirmaydi.

Suv ortiqcha vazn bilan kurashishda yordam beradi. Chunki suvning kaloriyasi yo‘q hamda u ishtahani qoldirishga va ochlik hissini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, ichimlik suvi tanadan shishlarni kamaytiradi. Shu sababli parhez tutadigan shaxslarga asosan suv ichish tavsiya qilinadi.

Och qoringa qanday suv ichi kerak: iliq yoki sovuq?

Ma’lumotlarga ko‘ra, suvning qanday ta’sir ko‘rsatishi uning haroratiga ham bog‘liq. Tibbiyot mutaxassislari uyg‘ongach aynan iliq suv ichishni maslahat beradi. Ta’bga ko‘ra unga ozgina limon sharbati yoki asal qo‘shish ham mumkin. Nahorgi suvni nonushtadan 30 daqiqa avval, sekin-astalik bilan va o‘tirgan holda ichish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Har kuni erta tongda ichilgan suv organizmdagi qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?