
Zamonaviy hayotda bolalar uchun turli shirin ichimliklar – gazli suvlar, energetiklar va sun’iy ta’mlantirilgan sharbatlar odatiy holga aylangan. Ammo bu mahsulotlar ichidagi yashirin xavflar ko‘pchilik ota-onalar e’tiboridan chetda qolmoqda. Farzandlarimiz salomatligini jiddiy tahdid ostida qoldirayotgan bu ichimliklar aslida qanchalik xavfli? Keling, mutaxassislar fikri va ilmiy izlanishlarga tayanib, ushbu mavzuni chuqurroq tahlil qilamiz.
Eng avvalo, bu ichimliklar tarkibidagi kofein, sun’iy shirinliklar, ortiqcha shakar, fosfor kislotasi, bo‘yoqlar va konservantlar bolalarning o‘sib borayotgan organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Har kuni bir shisha gazli ichimlik ichish bolada bir necha haftada quyidagi muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin:
.Uyqu buzilishi
.Asabiylashish
.Diqqat yetishmovchiligi
.Tez-tez bosh og‘rishi
.Tish emalining yemirilishi
.Yurak urishining tezlashuvi
.Semizlik va ortiqcha vazn yig‘ilishi
.Qandli diabet xavfining oshishi
BMT Sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) bolalar uchun kunlik shakar iste’molini 25 grammdan oshirmaslikni tavsiya qiladi. Ammo birgina 0.5 litrli gazli ichimlikda bu miqdor 35–40 grammni tashkil qiladi. Bu esa ruxsat etilgan normadan taxminan 1.5 baravar ko‘p.
Reklama tuzog‘i: "Vitaminli", "energiya beruvchi" degani sog‘lom degani emas
Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar mahsulotini "quvvatlantiradi", "diqqatni oshiradi", "tarkibida vitamin bor" kabi so‘zlar bilan reklama qiladi. Ammo bu iboralar iste’molchining e’tiborini chalg‘itadi. Aslida esa bu ichimliklar muvaqqat diqqatni faollashtirgan bo‘lishi mumkin, ammo natijada organizm kuchsizlanib, charchoq va giperfaollik kabi salbiy holatlar kelib chiqadi.
Shuningdek, ba’zi shirin ichimliklarda aspartam, sukraloza, saxarin kabi sun’iy shirinliklar ishlatiladi. Bu moddalarning uzoq muddatli iste’moli immunitetni susaytirishi, ovqat hazm qilishni buzishi va gormon tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kofein – bolalar organizmiga begona modda
Energetik ichimliklarning asosiy tarkibiy qismi – kofein. Bu modda kattalar uchun ham me’yordan oshsa xavfli. Bolalar organizmi esa kofeinni to‘liq qayta ishlay olmaydi, natijada:
.Yurak urishida nosozlik
.Qon bosimining o‘zgarishi
.Bezovtalik va xavotir holatlari
.Ovqatga ishtahaning yo‘qolishi
.Suyaklarning o‘sishi sekinlashuvi kuzatiladi.
Bolalar yuragi kattalarga nisbatan tezroq uradi, kofein esa yurak urishini sun’iy ravishda yanada kuchaytiradi. Bu esa yurak muskullariga ortiqcha yuk tushishiga sabab bo‘ladi.
Ota-onalar uchun ogohlik: bolangiz ichayotgan suyuqlikka e’tibor bering
Ota-onalar, ayniqsa, yoz faslida farzandlariga sovuq ichimlik olib berishni xohlashadi. Ammo muqobil variant sifatida oddiy suv, tabiiy siqilgan meva sharbatlari, sut yoki ayran kabi sog‘lom mahsulotlarga ustuvorlik berish lozim.
Shuningdek:
.Gazli va energetik ichimliklarni umuman uyda saqlamang.
.Farzandingiz bilan ochiq suhbat qiling: bu ichimliklarning zarari haqida ularni xabardor qiling.
.O‘z namunangiz bilan namuna bo‘ling – ota-onasi ichmasa, farzand ham qiziqmaydi.
.Do‘konda mahsulot xarid qilishda yorliqlarni o‘qishga odatlantiring. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar