
Yaqinda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari jamiyatni hayratga soldi, deb xabar berdi dailymail.co.uk. 18 ming ishtirokchi psixo-emotsional holatini yaxshilash uchun atigi bir hafta davomida kuniga 5-10 daqiqa vaqtni kichik quvonchlarga ajratdi va natija kutilganidan ancha yuqori bo‘ldi.
Olimlar ta’kidlashicha, bu kabi amaliy mashqlar bir yillik psixoterapiya samarasiga teng kelishi mumkin. Ya’ni, tabiatdan rohatlanish, yaqinlar uchun quvonish, atrofdagi odamlarni maqtash, yoqimli fikrlar va his-tuyg‘ularni oshkora baham ko‘rish kabi kundalik odatlar insoniyatda stress darajasini keskin kamaytirgan, uyquning sifatini yaxshilagan va salomatlikni mustahkamlagan.
Tajriba ishtirokchilari o‘zlarida ruhiy barqarorlik, hayotdan mamnuniyat va ichki xotirjamlik sezgan. Psixologlar bu holatni inson psixikasi uchun “qayta ishga tushish tugmasi”ga o‘xshatishadi. Kichik, lekin doimiy pozitiv odatlar hayot tarzini kuchli o‘zgartiradi.
Ekspertlar har kuni bir necha daqiqa bo‘lsa ham tabiatga chiqish, faol va ijobiy muloqot qilish, ezgu so‘zlar aytish kabi amaliy maslahatlarni barchaga tavsiya qiladi. Bu esa nafaqat ruhiy barqarorlik, balki umumiy sog‘lom turmush uchun ham asosiy omil hisoblanadi.
Zamin.uz esa, ruhiy salomatlik, zamonaviy psixologiya va inson baxti uchun ilmiy asoslangan eng muhim maslahatlar haqida tezkor va xolis ma’lumotlarni o‘z o‘quvchilariga yetkazishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar