1 673
«Shifoxonamizga oddiy O‘RVI bilan kelib, omikron yuqtirib ketasiz» — Zangiota-2 shifoxonasi direktori
Toshkent viloyatidagi Zangiota-2 ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov Toshkent shahri va viloyati aholisiga murojaat qilib, ehtiyoj bo‘lmagan hollarda yuqumli kasalliklarni davolash muassasalariga bormaslikka chaqirdi. Bu haqda Repost'ga tayanib "Daryo" xabar qildi.
Qayd etilishicha, shifoxona direktori o‘z xabarida Zangiota-1 va Zangiota-2 muassasalariga murojaatlar keskin ko‘paygani haqida gapirib o‘tgan. Qo‘ng‘iroqlarning aksariyati koronavirusga ekspress-test o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lib, har kuni, taxminan, 150-170 nafar insonda kasallik aniqlanadi.
«Shifoxonamizga O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) bilan og‘rib kelishingiz oqibatida omikron shtammini yuqtirib olishingiz mumkin. Ba’zi odamlar esa sheriklari bilan kelib oladi, ular nafaqat o‘zini, balki yaqinlarini ham xavf ostiga qo‘yadi. Hammadan iltimos qilaman, tushunib oling: Zangiota-1 va Zangiota-2 kasalxonalari COVID-19 asorati bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun tashkil etilgan. Yuqumli kasalliklarni davolash muassasalariga alohida ehtiyoj bo‘lmagan taqdirda tashrif buyurish befoyda», — deya yozgan u.
Doniyor Mirazimov, shuningdek, endilikda Toshkent shahrining har bir tumanida tashkil etilgan COVID klinikalarda koronavirus testini topshirish mumkin ekanini aytgan. Bundan tashqari, hududlardagi SES bo‘linmalarida ham ekspress-test sinovlari o‘tkaziladi.
«Kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lganda barcha fuqarolarni maxsus poliklinikalar va SESning tuman bo‘limlariga murojaat qilishga, shu yo‘l bilan bizga o‘z resurslarimizni og‘irroq ahvoldagi bemorlarni davolash uchun sarflash imkonini berishga chaqiraman», — so‘zlarini yakunlagan shifoxona direktori.
Avvalroq Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi. Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi yaqin bo‘lgan 4 ta dispanser hamda 8 ta oilaviy poliklinika binosida ish boshlagan mazkur muassasalar aholiga har kuni 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadi.
Doniyor Azimovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirusning o‘rta darajasiga chalingan bemorni davolash davlat budjetiga 15 mln so‘mga tushmoqda. «Shu sababli vaksina ancha tejamkor va xavfsiz variant, shuningdek, u pandemiyani tugatishga imkon beradi», — deya ta’kidlaydi u.
O‘zbekistonda 15 yanvar kuni 912 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 205 085 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19 ning yangi omikron shtammi 2022 yilning 7 yanvar kuni aniqlandi. Shu sababli 15 yanvardan turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi. Shuningdek, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. SSV ish beruvchilardan 20 yanvarga qadar xodimlarni emlashga chaqirishni so‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi