23:30 / 18.12.2019
2 758

Isroil yahudiylar uchun quriladigan noqonuniy uylarga pulni ayamayapti

Isroil yahudiylar uchun quriladigan noqonuniy uylarga pulni ayamayapti
Isroil hukumati joriy yilning birinchi yarmida Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi bosib olingan yerlarda yahudiylar uchun noqonuniy uylar qurishga rekord darajada mablag‘ ajratdi.

Haaretz tarqatgan xabarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki uch oyida bunday qurilishlar uchun 111,5 million dollar sarflangan. Bu oxirgi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shuningdek, xabarda Isroil hukumati bu xarajatlar haqida Oq uy ma’muriyatini xabardor qilib borayotgani aytilgan.

Iordan daryosining g‘arbiy sohili va Sharqiy Quddus 1967 yildan beri Isroilning okkupatsiyasi ostida qolmoqda. Xalqaro qonunlarga ko‘ra, bu yerlarda yahudiylar uchun uy qurish mumkin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil yahudiylar uchun quriladigan noqonuniy uylarga pulni ayamayapti