12:02 / 26.04.2015
11 500

Nepalda 5,6 magnitudali yana bir zilzila yuz berdi

Nepalda 5,6 magnitudali yana bir zilzila yuz berdi

Nepalda 26 aprel, yakshanbaga o‘tar kechasi yana bir, 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

AQSh mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda, episentri esa poytaxt Katmandu yaqinidagi Kirtipur shahridan 41 kilometr uzoqlikda bo‘lgan.

Avvalroq, 25 aprel kuni sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila natijasida Nepalda halok bo‘lganlar soni 1805 kishidan oshgani haqida xabar berilgandi.

Zilzila natijasida Nepal hukumati butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat tartibini joriy etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nepalda 5,6 magnitudali yana bir zilzila yuz berdi