20:10 / 04.07.2022
1 775

Ukrainada urushning 130-kuni: Belgorod va Slovyanskdagi vayrongarchiliklar, Lisichanskda rossiyaliklar bayrog‘i (foto)

Ukrainada urushning 130-kuni: Belgorod va Slovyanskdagi vayrongarchiliklar, Lisichanskda rossiyaliklar bayrog‘i (foto)
Ukrainada urushning 130-kunidagi asosiy ma’lumotlar:
  • Lisichansk to‘liqligicha rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tdi, Lisichanskdan taxminan 20 kilometr shimolda joylashgan Seversk uchun janglar boshlandi;
  • Donetsk oblastida Slovyansk va Kramatorsk shaharlari o‘qqa tutildi. Mahalliy rasmiylar Slovyanskda kamida olti kishi, jumladan bir bola zarbalar qurboniga aylanganini aytishgan. Slovyansk shahri meri Vadim Lyax shaharga «so‘nggi vaqtlardagi eng keng ko‘lamli» zarbalar yog‘dirilganini ma’lum qildi;
  • 3 iyul kuni Belgorodda portlashlar seriyasi ro‘y berdi. RF mudofaa vazirligi ukrain qo‘shinini shaharga hujum qilishda ayblagan. Belgorod oblasti gubernatori bungacha ushbu hodisani «baland tovushlar seriyasi» deb atagandi;
  • Ishg‘oldagi Melitopol meri xabar qilishicha, Ukraina qurolli kuchlari rossiyaliklarning to‘rtta harbiy bazasidan bittasini yo‘q qilgan. Rossiyaliklar tomonidan tayinlangan harbiy ma’muriyat rahbari Ukraina armiyasi turar joy binolari joylashgan hududga zarba bermoqchi bo‘lgani, ammo havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushishi tufayli snaryadlar aerodrom hududiga tushganini ma’lum qilgan;
  • Kiyev oblastiga Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz tashrif buyurdi. Ukrainaga ilk tashrifi avvalida u Gostomel, Irpin va Buchada bo‘ldi;
  • Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ayni bosqichda Kreml Ukraina bilan tinch muzokaralar istiqbolini ko‘rmayotganini aytgan.

Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv oblasti

Xarkiv yaqinidagi ukrain harbiylari. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylari Xarkiv shimolidagi ukrain pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA


Xarkiv yaqinidagi ukrain harbiylari. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti

Babinsi posyolkasida yashovchi ayol dafn marosimi vaqtida tiz cho‘kmoqda
Alexey Furman / Getty Images

Belgorod

Oleg Xarseyev / Kommersant’
Rossiyaning Belgorod shahridagi Mayakovskiy ko‘chasi yaqinida aviazarbadan vayron bo‘lgan bino yonida aholi va o‘t o‘chirish mashinasi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari «Tochka-U» ballistik raketalaridan kassetali o‘q-dorilar bilan Belgoroddagi turar joy kvartallariga zarba bergan. Havo hujumidan mudofaa tizimlari uchirilgan uchta raketani ham urib tushirgan, ammo ulardan birining parchalari Belgorodga qulagan. To‘rt kishi halok bo‘lgan: bir nafari Rossiya, uch nafari — Ukraina fuqarolari.

Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Belgorodda raketa zarbasidan vayron bo‘lgan kvartira. Oblast gubernatori Vyacheslav Gladkov ukrain qo‘shini hujumi natijasida 21 ta ko‘p qavatli uy va 40 ta xususiy uy shikastlanganini ma’lum qilgan.

Belgorod aholisi raketa hujumidan keyin vayronalarni tozalamoqda.
Oleg Xarseyev / Kommersant’


Qutqaruvchilar vayronalar joyida ish olib bormoqda.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donbass shimoli

Slovyansklik ayol kassetali o‘q-dori bilan qilingan hujumdan shikastlangan uyi oldida.
Scott Olson / Getty Images


Anastasia Vlasova / The Washington Post / Getty Images
HIMARS ustida turgan ukrain harbiysi. 1 iyul kuni AQSH Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi haqida e’lon qildi, u avvalroq yetkazib berilgan baravar o‘t ochish tizimlari uchun o‘q-dorilarni ham o‘z ichiga oladi.

Aleksandr Reka / TASS
Lisichanskdagi o‘qqa tutilib vayron bo‘lgan Ta’lim va fan vazirligi binosiga kirayotgan rossiyalik harbiy xizmatchi. 3 iyul kuni kechqurun Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ukrainalik harbiylar shaharni tashlab ketganini tasdiqladi.

Aleksandr Reka / TASS
«LXR» «Xalq militsiyasi» vakili Ivan Filiponenko (chapda) Lisichanskdagi shahar kasalxonasi binosi ustida Rossiya bayrog‘i va G‘alaba bayrog‘ini ko‘tarmoqda. Shahar uchun 25 iyundan 3 iyulgacha faol harbiy harakatlar olib borildi, ikki tomon ham Lisichansk Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tganini tasdiqlagan.

Aleksandr Reka / TASS
Lisichanskdagi shahar kasalxonasi tashqarisida bir quchoq o‘tin ko‘targan ayol. Lisichansk Lugansk oblastidagi Ukraina Qurolli kuchlari nazoratida qolayotgan so‘nggi shaharlardan biri edi. Aprel oyining oxiridan beri shaharda gaz, suv va elektr ta’minoti yo‘q.

Scott Olson / Getty Images
3 iyul kuni rossiyaliklar aviazarbalaridan so‘ng Slovyansk savdo kvartalidagi vayronagarchilik. Region rahbari Pavel Kirilenkoning so‘zlariga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan, ulardan biri yosh bola.

Scott Olson / Getty Images
Rossiya qo‘shini raketa zarbasidan keyin chiqqan yong‘in. Ukraina nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, 40 ga yaqin uy, bozor, bog‘dorchilik jamiyati va suv ta’minoti tizimi ob’ektlari shikastlangan.

71 yoshli Volodimir Vasilevich qarindoshlarining hovlisida. Hovli 3 iyul kuni Slovyankaga qilingan raketa hujumidan vayron bo‘lgan.
Michal Burza / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA


Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Gumanitar yordam qutilarini olib ketayotgan severskliklar. «LXR» Donetsk oblastining Lugansk oblasti bilan chegarasidan sakkiz kilometr, Lisichanskdan taxminan 20 kilometr masofada joylashgan ushbu shahar uchun kurash boshlanganini e’lon qilgan.

Donbassdagi ukrain vzvodi komandiri, 41 yoshli Mariya. Foto: AP Photo/Efrem Lukatsky
Mariupol

AFP / Scanpix / LETA
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari va g‘avvoslar «Azovstal» zavodi hududidagi daryoni tozalamoqda. Mariupol 20 may kuni rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tgandi. «Azovstal» shahardagi oxirgi qarshilik o‘chog‘i bo‘lgan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada urushning 130-kuni: Belgorod va Slovyanskdagi vayrongarchiliklar, Lisichanskda rossiyaliklar bayrog‘i (foto)