Bugun, 11 avgust kuni AQSHning Bruklin okrugi federal sudi Chikagoda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi Dilshod Husanovni «ISHID» va «al-Nusra fronti»ni qo‘llab-quvvatlash va moddiy yordam ko‘rsatishda ayblab, 11 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Okrug sudyasi Uilyam F. Kuns II sud hukmini e’lon qildi.
«Bugungi hukm bilan Husanov Suriya va Iroqdagi qurolli harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib kelgani uchun jazolanadi», – deydi advokat Breon Peace.
Sud hujjatlariga ko‘ra, Husanov 2014 va 2015 yillarda «ISHID» va «al-Nusra fronti»ga qo‘shilish va jang qilish uchun Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxslarga mablag‘ to‘plash bilan shug‘ullangan tarmoq – «Choyxona» tarmog‘i a’zosi bo‘lgan.
U, shuningdek, odamlarni Suriyadagi qurolli mojarolarda ishtirok etishga targ‘ib qilib kelgan.
Sud tergovida ma’lum qilinishicha, Husanov, jumladan, 2014 yil 28 sentabr kuni tanishi Akmal Zokirovni «jihod»ga undagan. Shuningdek, o‘sha yili bruklinlik ikki fuqaro Abdurasul Jo‘raboyev va Ahror Saidahmetov ISHID safida jang qilish uchun Suriyaga borishni rejalashtirishgan. Nyu-York va boshqa joylarda joylashgan mahalliy tarmoqdagi bir guruh shaxslar, jumladan Husanov, ularning Suriyaga borishlarini moliyalashtirish uchun pul yig‘ishda ishtirok etgan.
2015 yilning fevralida Abror Habibov, Zokirov, Azizjon Rahmatov va Dilhayot Qosimov Saidahmetovning Suriyadagi safari va xarajatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun pul ajratish masalasini muhokama qilishgan. Rahmatov va Zokirov ham Saidahmetovning safarini moliyalashtirish uchun boshqalardan pul undirishga kelishib olgan. Zokirov o‘sha paytda Illinoys shtatida yashovchi Husanov bilan bog‘lanib, undan Saidahmetovning safari uchun pul ajratishini so‘ragan. Husanov bu taklifga rozi bo‘lib, Saidaxmetov jo‘nab ketishidan oldin Zokirovning bank hisob raqamiga pul o‘tkazib bergan.
Saidahmetov 2015 yil fevralida Jon Kennedi xalqaro aeroportida Suriyaga yo‘l olgan xorijlik jangarilar uchun umumiy tranzit punkti bo‘lgan Turkiyaning Istanbul shahriga uchayotgan vaqtda samolyotda qo‘lga olingan edi.
Husanov fitnaga aloqador ikkita ayblovda ayblangan va hukm qilingan yetti nafar ayblanuvchining oltinchisidir. Jo‘raboyev, Saidaxmetov va Qosimov 15 yilga, Rahmatov 12,5 yil muddatga va Zokirov 7,5 yil muddatiga hukm qilingan.
Habibov esa hukm chiqarilishini kutmoqda.
Husanov 2021 yil oktabr oyida u o‘ziga qo‘yilgan ayblarga iqror bo‘lgan va jazo muddati tugagach, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi