Sanksiyalar samarasizligi, G‘arbdagi iqtisodiy muammolar va Ukraina qo‘shinlarning mag‘lubiyatlari - oxir oqibat Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamning kamayishiga olib keladi.
Rossiyaning sanksiyalarni bartaraf qilish bo‘yicha muvaffaqiyatlari Ukrainaga G‘arb yordamining to‘xtatishga sabab bo‘ladi. G‘arbiy tahlilchilar aynan shunday deyishmoqda.
Ularning aytishicha, Moskva nafaqat harbiy harakatlarda, balki iqtisodiyotda ham tashabbusni saqlab qolmoqda. Rossiya-Ukraina to‘qnashuvida AQSH va YEI ning harakatlari nega o‘zgarib bormoqda? - batafsil RIA Novosti materialida.
Muzokaralarga hali uzoq
Politico mualliflari, nufuzli Defense Priorities tahliliy markazi hamda urush va tinchlikni o‘rganish bo‘yicha Zalsman instituti xodimlari yaqin vaqtlarda Moskva va Kiyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lishi mumkin emas deb hisoblashmoqda.
Nashr fikriga ko‘ra, bunga bir qancha sabablar bor. Birinchi navbatda, Prezident Vladimir Zelenskiy to‘xtamayotgan qurollar ta’minotiga umid bog‘lagan. “To‘qqiz millard dollarga baholanayotgan Amerika harbiy yordamini jo‘mragi to‘xtab qolishi alomatlari yo‘q”, - deyishmoqda tahlilchilar.
Bundan tashqari, Ukraina aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, respondentlarning yarmidan ko‘pi murosaga kelishga tayyor emas. Demak, Zelenskiy siyosiy omon qolishi uchun ham muzokara qilmaydi.
Rossiya haqida so‘z ketar ekan, mualliflar G‘arb sanksiyalari mahsus operatsiya vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilishi haqidagi hisob-kitoblari o‘zini oqlamaganini alohida ta’kidlab o‘tishgan. Rossiya tomoni harbiy harakatlarda muvaffaqiyat qozonmoqda.
Iqtisodiy cheklovlar esa YEI mamlakatlariga ko‘proq zarar yetkazyapti. “...Yevropaliklar yuqori inflyatsiya va energota’minotlar narxining oshishini boshdan kechirmoqda. Rossiya tabiiy gazi yetkazilishi qisqarishi esa Yevropaning iqtisodiy markazi bo‘lmish Germaniyani qish kelganda gaz to‘xtab qolmasligi uchun favqulodda choralar ko‘rishga majbur qilmoqda”.
Garchi G‘arb sanksiyalari Rossiya iqtisodiyatiga zarar yetkazsada, mamlakat Yevroittifoqqa qaraganda cheklovlarga yaxshiroq tayyorlangan bo‘lib chiqdi.
“Energetika sanksiyalari ishlamayapti”
Rossiyaga iltifot sifatida ko‘rilmagan Politico nashridagi maqola G‘arb tomonidan Ukraina muammosini qayta ko‘rib chiqishning bir qismidir. Bir vaqtning o‘zida Amerikaning Bloomberg nashri: “Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalari ish bermayapti” degan nihoyatda aniq ma’noga ega sarlavhali maqola chop etdi.
Mart oyidayoq g‘arblik siyosatchilar prognozlarda optimist kayfiyatda bo‘lgan va Saudiya Arabistoni hamda Birlashgan Arab Amirliklari rahbarligidagi OPЕK Rossiya bilan hamkorlikdan voz kechadi deb umid qilishgan, deydi nashr.
Biroq, aksinchasi sodir bo‘ldi va bu Rossiyaning nafaqat iqtisodiy balki siyosiy g‘alabasi hamdir: “AQSH prezidenti Jo Baydenning Ar-Riyodga tashrifiga qaramay, Putin OPЕK+ alyansida o‘z ta’sirini saqlab qolgan”.
Amerika rahbari Saudiya Arabistonidan ketganidan so‘ng qirollikka Rossiya vitse-premeri, kartellar munosabatlari bo‘yicha mas’ul Aleksandr Novak tashrif buyurdi. Bir necha kunlardan so‘ng OPЕK+ neft qazib olish hajmining biroz oshishini e’lon qildi. Bu esa global energiya bozorlariga bosim o‘tkazishda davom etmoqda.
Bunday kon’yuktura Moskvaning neft sotib Yevropaga tabiy gaz yetkazishdan keladigan daromadlardan voz kechishi mumkinligini bildiradi. Iyul oyida Rossiyada neft qazish hajmi xuddi yil boshidagi ko‘rsatkichga qaytdi - kuniga o‘rtacha 10,8 million barrel. “Bu chayqalish emas: iyul neft qazib olish tiklangan uchinchi oy bo‘ldi", - deydi Bloomberg.
- "Rossiya kuniga million barrelga yangi xaridorlar topdi, Yevropa neftni qayta ishlash korxonalar “o‘z-o‘ziga sanksiyalar” tufayli undan neft sotib olishni to‘xtatishgan edi. Ushbu neftning ko‘p qismi Osiyoga, asosan Hindiston, shuningdek, Turkiya, Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkaziladi”.
Bu paytida esa YEI mamlakatlari inflyatsiya va boshqa iqtisodiy muammolar tufayli norozi kayfiyatdagi aholiga tariflarni oshirib shafqatsiz qishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. “Kommunal xizmatlarga narxlar Buyuk Britaniyada 75% ga oshishi mumkin, Germaniyada esa ba’zi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar 100% ga ko‘tarishidan ogohlantirishdi”, - deb prognoz qiladi Amerika nashri.
Kiyevga yordam qisqarishi mumkin
Energetika poygasida Kremlning yutug‘ini ta’kidlab o‘tar ekan, G‘arb tahlilchilarning bir fikrda qarashlari yakdil: o‘z fuqarolarining ehtiyojlari yoki ukrainlar manfaati? G‘arb ikkisidan birini tanlashga majbur bo‘ladi.
“Putinning fikricha, G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi oxir-oqibat susayadi, chunki iqtisodiy “javob” (AQSH va YEI uchun - tahr) qattiq bo‘ladi. Bu borada Rossiya prezidenti haq bo‘lishi mumkin”, - deyiladi maqolada.
“Sovuq havo, elektr energiyasiga talab ko‘payishi va yil oxirida narxlarning keskin oshishi G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga putur etkazishi mumkin”, - demoqda Bloomberg. - Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordamni ko‘z-ko‘z qilish orqali xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lishni istagan yevropalik siyosatchilar bu uchun tovon to‘lashni istamasliklari mumkin, ularga saylovchilar uchun energetika tanqisligidan qochish muhimroq.
Ekspertlarning Ukrainaga yordam kamayishi haqidagi prognozlari allaqachon o‘z tasdig‘ini topdi. Sentabr oyida Kiyev 900 million yevro qarzini to‘lashi kerak bo‘ladi - keyingi ta’minotlarning kelajagi shunga bog‘liq. Xususan, Germaniya ukrainaliklar o‘z majburiyatlarini bajarmagunicha, yangi yordam paketlarini sekinlashtirishlarini aniq aytdi.
Bo‘shashish kerak emas
Ukrainadan nafaqat qarzlarini to‘lash, balki “jang maydoinida” ham sezilarli yutuqlarni talab qilishmoqda. Hozircha Kiyev hech nima bilan maqtana olmaydi. Bu esa G‘arb olamining munosabati o‘zgarishiga sabab bo‘lyapti.
“Ukraina Qurolli Kuchlari uchun vaziyat murakkablashmoqda, lekin ular tomonida aniq g‘alabalar yo‘q - deydi siyosatshunos Sergey Mixeyev RIA Novosti bilan suhbatda. - Kayfiyatlar o‘zgarishi ham shundan. Albatta, bu ekspertlar va ijtmioiy fikrlarga ham ta’sir qiladi”.
Biroq, ta’sirdan tezkor samarani kutib bo‘lmaydi, deydi Mixeyev. “AQSH va Yevroittifoq aynan hozir siyosatini keskin o‘zgartiradi deb o‘ylab bo‘lmaydi. U yerda pul kam deb Moskva bilan murosaga kelish kerak deb o‘ylashadi deb hisoblamaslik kerak. Bu o‘yinda G‘arb gaz narxi yoki aholining muammolariga qaraganda kattaroq narsalarga ko‘z tikkan”.
Natijada, bir tomondan Kiyevning samarasiz harakatlari va sanksiyalar tufayli kelib chiqqan noroziliklar ko‘payadi. Boshqa tomondan, bu Moskvaning mazkur jarayonlarga e’tibor qaratishi kerak degani emas, u avvalgidek harakat qilgan ma’qul, deya xulosa qiladi siyosatshunos.
Rossiya strategik tadqiqotlar instituti bosh mutaxassisi Oleg Nemanskiy ham xuddi shunday fikrlarni bildirdi. Uning aytishicha, G‘arb va AQSH sanksiyalarini tanqid qilish davom etadi, ammo bu ko‘lida hokimiyat bo‘lgan odamlar emas, balki muxolifat va tahlilchilar darajasida bo‘ladi.
“Muammo shundaki, g‘arblik yetakchilar mantiq bilan emas, mafkuraviy tasavvurlari, butun dunyoni nazorat qilish urinishlari bo‘yicha harakat qiladi. Garchi bu uchun ularda hech qanday resurslar qolmagan bo‘lsada, ular o‘z loyihalaridan baribir voz kecha olishmaydi”, - deydi eskpert.
Rossiya-Ukraina mojarosida G‘arb siyosati o‘zgarishi haqida jiddiy gapirishga hali erta. Hech bo‘lmaganda, Amerika va Yevropa rahbarlari o‘zgarguniga qadar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?