Dortmundning oddiy gʻalabasi: "Borussiya" - "Augsburg"ni yutdi

"Borussiya" Dortmund Bundesliganing to'qqizinchi turida "Augsburg"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 37-daqiqada Krislen Matsimaning uzatmasi Han-Noa Massenoga tegib, to'p Sero Girassiga kelib tushganidan so'ng kiritildi. Ushbu g'alabadan keyin Dortmund klubi 20 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib, "Bavariya"dan to'rt ochkoga ortda qoldi, "Augsburg" esa 7 ochko bilan oxirgi to'rtlikdan joy oldi.

Bundesliganing toʻqqizinchi turining ochilish uchrashuvi juda voqealarga boy boʻlmadi. "Augsburg" va "Borussiya" Dortmund jamoalari 90+ daqiqada faqat bittadan aniq zarba amalga oshira olishdi.
Uchrashuvning yagona goli 37-daqiqada kiritildi: Krislen Matsima toʻpni oldinga uzatishga urindi, ammo u jamoadoshi Han-Noa Massenoga tegib ketdi. Bu vaziyatda toʻp Sero Girassining oyogʻiga tushib, u darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, toʻpni yaqin burchakka aniq yoʻlladi – 0:1.
Shu tarzda uchrashuvdagi yagona muhim epizod yakunlandi. Ushbu gʻalaba tufayli "Borussiya" Dortmund 20 ochkoga ega boʻlib, turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarildi va "Bavariya"dan toʻrt ochkoga ortda qoldi.
"Augsburg" esa 7 ochko bilan oxirgi toʻrtlikdan joy oldi.































Izohlar 0
…