Manchester Yunayted Atletikodan futbolchi ijaraga olishi mumkin

Konor Gallager yanvar oyida Madridning "Atletiko" klubidan "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 25 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishni jiddiy ko'rib chiqmoqda. Transfer amalga oshishi "Atletiko"ning talablariga bog'liq bo'ladi, chunki Gallager Madrid klubining asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushmoqda.

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Konor Gallager "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar roʻyxatida qolmoqda. "Qizil iblislar" yozgi transfer oynasida "Chelsi" tarbiyalanuvchisini qoʻlga kiritishga urinishgan edi.
Biroq "Atletiko" futbolchini qoʻyib yuborishga tayyor emas edi. Hozirda Gallager Madrid klubining asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushmoqda.
Shu sababli uning Angliyaga qaytishi yanvar oyida amalga oshishi mumkin. Mashhur jurnalist Fabritsio Romano xabariga koʻra, "Manchester Yunayted" 25 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishni jiddiy koʻrib chiqmoqda.
Bu transferning amalga oshishi "Atletiko"ning talablariga bogʻliq boʻladi. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Konor Gallagerning transfer qiymati 40 million yevro deb baholanmoqda.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan.































Izohlar 0
…