
PSJ markaziy himoyachisi Lukas Beraldo joriy mavsum davomida klubni tark etishi dargumon. 21 yoshli futbolchi Lui Enrike jamoasidagi o‘z rolidan norozi bo‘lib, qishki transfer davrida jamoani almashtirishni istamoqda.
Ammo Le10 Sport nashri ma'lumotlariga ko‘ra, PSJ rahbariyati braziliyalik futbolchini yanvar oyida qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, agar kutilmagan hodisalar yuz bermasa, klub yangi futbolchilarni ham tarkibga qo‘shmaydi.
Lukas Beraldo joriy mavsumda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt saytida uning bozor qiymati 25 million yevroga baholangan.
Shartnomasi esa 2028 yilgacha amal qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar