11:00 / 15.10.2022
1 008

Belgorodda nimstansiyaga berilgan zarbadan keyin elektr ta’minoti tiklandi

Belgorodda nimstansiyaga berilgan zarbadan keyin elektr ta’minoti tiklandi
Foto: Telegram / Vyacheslav Gladkov
Ukraina chegarasi yaqinida joylashgan Belgorodda 14 oktabr, juma kuni sodir bo‘lgan zarba oqibatida elektr podstansiyasi shikastlangan. Shaharning bir qismi elektr energiyasiz qoldi, dedi Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov.

«Belgorod o‘qqa tutilgandan so‘ng 110 kVt quvvatga ega podstansiya yonib ketdi. Biz oqibatlarini imkon qadar tezroq bartaraf etishga harakat qilamiz. Zaxira manbaga o‘tishning taxminiy vaqti 4 soatgacha. Suv ta’minoti normal, nasoslar boshqa elektr uzatish liniyalariga o‘tdi», deb yozdi Gladkov.

«Belgorodenergo» korxonasi aniqlik kiritishicha, yong‘in «Dubovoye» podstansiyasida sodir bo‘lgan. Moskva vaqti bilan soat 20:05 holatiga ko‘ra, yong‘in o‘chirildi, mutaxassislar stansiyani qayta ulashga kirishdilar, deb yozadi Gladkov. Moskva vaqti bilan soat 21:00 da elektr energiyasi yana berila boshlandi.

Mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda podstansiyaga berilgan zarba aks etgan videolar hamda yong‘in tasvirlangan kadrlarni joylashtirgan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri chegaradagi Belgorod oblasti vaqti-vaqti bilan o‘qqa tutilyapti. Rasmiy Kiyev Ukraina tomonining ularga aloqadorligini tasdiqlamayapti yoki inkor etmayapti. Mintaqada terroristik xavfning sariq darajasi mavjud. Zarbalarning kuchayishi fonida 17 oktabr kuni mintaqada maktab o‘quvchilarining navbatdan tashqari ta’tillari boshlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo