Qayrat Sotiboldiuli
Qozog‘istonning Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiulidan yana 44,6 milliard tengeni (98 million dollar) musodara qildi, u davlat mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, 6 yilga qamalgan.
Mablag‘lar davlatga yetkazilgan zararni qoplash uchun respublika budjetiga o‘tkazildi.
Sotiboldiuli 2022 yil mart oyi o‘rtalarida mansab vakolatini suiiste’mol qilish va «Kazaxtelekom» AJ bilan «Sentr transportnogo servisa» AJ mablag‘larini o‘ta yirik miqdorda o‘zlashtirishda gumonlanib hibsga olingan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Sotiboldiuli va uning sobiq rafiqasi Gulmira ham biznesni bosqinchilik yo‘li bilan egallab olganlikda gumon qilingan.
2022 yil sentyabr oyida Ostona shahri sudi Sotiboldiulini o‘g‘irlikda aybdor deb topib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yilga davlat xizmatida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 6 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Bundan tashqari, sud uni Qozog‘iston milliy xavfsizlik organlari general-mayori maxsus unvonidan, shuningdek, «Kurmet» va «Parasat» davlat ordenlaridan mahrum etish bo‘yicha taklif kiritdi.
2023 yil dekabr oyida Sotiboldiuli shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risida so‘rov yubordi, ammo sud uning iltimosini rad etdi.
Avvalroq, Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati Sotiboldiuli va unga aloqador shaxslar tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan 464 milliard tengedan (1 milliard dollar) ortiq mulk va mablag‘lar davlatga qaytarilgani haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?