Foto: Globallookpress
Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinishi va unga nisbatan ayblovlarga ilk bor munosabat bildirdi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, messenjerda uchinchi shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarda uni ayblash xato bo‘lgan. Biroq u Telegram jinoyatchilikka qarshi kurashda ko‘proq choralar ko‘rishini aytmoqda. Parij politsiyasi Durovni to‘rt kun davomida so‘roq qilgan. U Fransiya rasmiylarining da’volarini hayratlanarli deb atagan.
Durov Telegram'ning Yevropa Ittifoqida so‘rovlarga javob beradigan vakili borligi, Fransiya rasmiylari esa u bilan shaxsan bog‘lanish uchun ko‘plab usullarga egaligini bildirdi.
“Fransiya fuqarosi sifatida men Dubaydagi Fransiya konsulligining doimiy mehmonlaridan biri edim. Bir muddat oldin, ularning iltimosiga ko‘ra, men shaxsan Fransiyadagi terrorizm tahdidiga qarshi kurashish uchun Telegram bilan tezkor aloqa liniyasini o‘rnatishda ularga ko‘maklashdim.
Agar biror davlat internet xizmatidan norozi bo‘lsa, odatda xizmatning o‘ziga qarshi sud jarayoni boshlanadi. Smartfonlar davridan avvalgi qonunlardan foydalanib, bosh direktorni boshqarayotgan platformasida uchinchi tomon tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun ayblash noto‘g‘ri yondashuvdir. Texnologiya yaratish o‘zi yetarlicha qiyin. Hech bir novator, agar o‘z ixtirolari suiiste’mol qilinsa, shaxsan javobgarlikka tortilishi mumkinligini bilsa, yangi vositalarni yaratmaydi”, dedi Durov.
U “muvozanatni saqlash oson emas”ligi, biroq Telegram regulyatorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishga sodiq va “doimo muloqotga ochiq” ekanini aytdi.
"Agar rasmiylar bilan kelishuvga erishish imkoni bo‘lmasa, messenjer bu mamlakatda faoliyatini to‘xtatishga tayyor. Rossiya bizdan kuzatuvni ta’minlash uchun “shifrlash kalitlari”ni berishni so‘raganida, biz rad etdik va Telegram Rossiyada taqiqlangandi. Eron bizdan tinch namoyishchilarning kanallarini bloklashni talab qilganida, biz rad etdik va Eronda Telegram taqiqlangandi.
Biz tamoyillarimizga mos kelmaydigan bozorlarni tark etishga tayyormiz, chunki biz buni pul uchun qilmaymiz. Biz yaxshilik qilish va odamlarning asosiy huquqlarini himoya qilish niyatidamiz, ayniqsa, bu huquqlar buzilgan joylarda", dedi Pavel Durov.
U Telegram’ning “mukammal emas”ligiga qo‘shilib, rasmiylarga messenjer bilan bog‘lanish uchun so‘rov yuborish imkoniyatlarini qo‘shishi kerakligini aytdi.
“Ammo ba’zi ommaviy axborot vositalarining Telegram qandaydir anarxistik jannat ekani haqidagi da’volari mutlaqo noto‘g‘ri. Biz har kuni millionlab zararli post va kanallarni o‘chirib tashlaymiz... Moderatsiyaga oid shoshilinch so‘rovlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish uchun nodavlat tashkilotlar bilan bevosita ishonch telefonlari mavjud.
Biroq, biz bunday choralar yetarli emas degan ovozlarni eshitmoqdamiz. Telegram foydalanuvchilari sonining 950 millionga keskin oshishi jinoyatchilarning platformamizni suiiste’mol qilishlarini osonlashtirgan og‘riqlarni keltirib chiqardi. Shu sababli men bu borada vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashni o‘zimning shaxsiy maqsadim qilib qo‘ydim. Biz ichki jarayonlarni allaqachon boshlaganmiz va tez orada siz bilan yutuqlarimiz haqida batafsil ma’lumotlarni bo‘lishaman”, dedi messenjer asoschisi.
Durov avgust voqealari Telegram va umuman ijtimoiy tarmoqni xavfsizroq va kuchliroq qilishga olib kelishini aytdi. “Sevgi va memlar uchun tashakkur”, deya xulosa qildi Durov.
Telegram asoschisi 24 avgust kuni Parijga yetib kelganida qo‘lga olingan edi. Unga Telegram’dagi firibgarlarning harakatlari va messenjerning Fransiya rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani bilan bog‘liq oltita band bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. 28 avgust kuni Durov sud nazorati ostida 5 million yevro garov evaziga qo‘yib yuborilgan va Fransiyani tark etishi taqiqlangan. Shuningdek, uning akasi Nikolay Durov ham mamlakatda qidiruvga berilgani haqida xabar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»