Foto: Hannibal Hanschke/AFP/Getty Images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Olaf Shols bilan Ukraina bo‘yicha vositachilikni muhokama qilishga tayyor emas, dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok. O‘z navbatida, «Ukraina adolatli tinchlik o‘rnatishga tayyor», dedi u 11 oktyabr, juma kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Berlinga tashrifi oldidan.
Slovakiya tashqi ishlar vaziri Yuray Blanar bilan suhbatda u Putinning tinchlik muzokaralari tashabbusini rad etishdagi pozitsiyasini tanqid qildi. «U tinchlikni qabul qilishdan bosh tortyapti va har kuni urush va vayronagarchilik foydasiga yana bir signal yuboryapti», — deya qo‘shimcha qildi u.
Peskov: Berlin hozircha Moskva bilan muloqot bo‘yicha aloqaga chiqmadi
Germaniya tomoni hozircha kansler Olaf Shols va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat o‘tkazishni so‘ramagan. Bu haqda 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Berlindan suhbat bo‘yicha so‘rovlar bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berar ekan aytib o‘tdi.
Die Zeit: Shols Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 1 oktyabr kuni Die Zeit gazetasi Germaniya hukumatidagi nomi oshkor etilmagan manbalariga tayanib xabar berdi. Bu suhbat noyabr oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti arafasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq Berlin hozircha Moskvaga rasmiy so‘rov bilan chiqqani yo‘q, deb yozadi nashr.
Agar suhbat bo‘lib o‘tsa, Shols Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar rahbarlaridan birinchi bo‘lib Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani tiklaydi. Germaniya kansleri va Rossiya prezidenti o‘rtasidagi so‘nggi telefon muloqoti 2022 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan. AQSH prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ham Putin bilan oxirgi marta 2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri gaplashgan.
Annalena Berbok, Putin, Ukraina masalasi, Shols, Muhokama qilish “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi