Foto: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun maxsus vakil tayinlash niyatida. Bu haqda Fox News telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
“Juda tajribali va qobiliyatli maxsus vakil tayinlanadi, unga tinchlik bitimini ilgari surish vazifasi yuklanadi”, dedi manbalardan biri hamda tayinlov yaqin orada amalga oshishi mumkinligini ta’kidladi.
Taxminlarga ko‘ra, bu lavozim xuddi 2017 yildan 2019 yilgacha Ukraina bo‘yicha ixtiyoriy ravishda maxsus vakil bo‘lgan Kurt Volker kabi pul to‘lanmaydigan bo‘ladi.
24 soat ichida urushni tugatish va’dasi
Avvalroq Tramp prezidentlikka qaytgandan so‘ng 24 soat ichida tinchlikni ta’minlashga qodirligini bir necha bor ta’kidlagan edi.
“Mening g‘alabam ma’lum bo‘lishi bilanoq, men ikki kishiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilaman: Putin va Zelenskiyga. Biz 24 soat ichida kelishuv tuzamiz”, degan Tramp.
Shuningdek, amerikalik milliarder Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi aloqalarga ega ekanini ko‘p bora gapirgan.
5 noyabrdagi saylov natijalariga ko‘ra, Tramp g‘alaba qozongani aniq bo‘lganidan keyin ko‘pchilik mazkur va’dani esladi.
Muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Deutsche Welle nashrining xabar berishicha, Donald Trampning AQSH prezidentligi saylovidagi g‘alabasi fonida Ukraina Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyorlanmoqda.
“Hozirda Ukraina tinchlik muzokaralarida o‘zining boshlang‘ich pozitsiyasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib berish va jang maydonidagi pozitsiyalarini saqlab qolishga intilmoqda”, deyiladi nashr xabarida.
“Kelgusi to‘rt-besh oy urushda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu qish hal qiluvchi payt. Umid qilamanki, urush yakuniga yaqinlashmoqda. Hozir biz muzokaralarda har ikki tomonning pozitsiyalarini aniqlab olamiz”, degan ismini oshkor etmagan ukrainalik amaldor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi