Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdi

Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurish niyati borligini ma’lum qildi. Bu haqda AQSH prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, Tramp O‘zbekistonga borish xohishini shaxsan bildirgan. Maxsus vakil Amerika prezidentining tashrifi imkoni boricha tezroq amalga oshishiga umid bildirgan.

Paolo Zampollining qayd etishicha, Trampning ish jadvali nihoyatda zich. Shunga qaramay, AQSH prezidenti O‘zbekistonga kelish istagini ochiq bildirgan.

Agar tashrif amalga oshsa, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash nuqtayi nazaridan muhim voqeaga aylanishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar